Ayblanuvçi yaqinlarining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Jahongir Uluğmurodov grant asosida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining 2-bosqiçida öqiydi hamda oilasining asosiy boquvçisi hisoblanadi.

Jahongirni 2023 yil boşida – Yangiyöl tumanidagi öz uyidan uçastka noziri olib ketgan. Şundan söng Jahongirning mobil qurilmasida 2022 yilda sinfdoşlarining Telegram guruhiga Youtube'dagi diniy qöşiq – naşida uçun yuborgan havola topilgan. Uşbu naşida Din işlari böyiça qömitaning ekspertiza xulosasiga köra, “aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan hamda Özbekistonda tarqatiş taqiqlanişi”, körsatilgan.

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 8 may kuni JIB Oqqörğon tuman sudida sudya Sanjar Isaqulov raisligida bölib ötgan sud jarayonida Jahongir Uluğmurodov JK 244-1-moddasi 3 qismi “g” bandida nazarda tutilgan harakat – “ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek Internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş”da aybdor, deb topilgan. Ayblanuvçiga JK 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Jahongirning yaqinlari sud hukmidan norozi ekanligini bildirib, apellyatsiya şikoyati berişlarini ma’lum qildi.

Avvalroq, telefonidan diniy naşida topilgan yana bir 21 yoşli yigit — Sardor Rahmonqulov ham 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar bergan edik. Keyinroq, apellyatsiya sudining ajrimiga muvofiq, Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli hukmga özgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida ozod qilindi.