Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pasport indeksi»da besh yil ichida birinchi marta peshqadam o‘zgardi
Singapur birinchi o‘ringa chiqib oldi, O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi.

Foto: Henley Passport Index
Vizasiz sayohat imkoniyatlari bo‘yicha dunyo pasportlari indeksini tuzuvchi Henley & Partners kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Singapur dunyodagi eng kuchli pasportga ega mamlakatga aylandi. Uning fuqarolari 227 mamlakatdan 193 tasiga vizasiz borishi yoki borgan zahoti olishi mumkin.
So‘nggi besh yil ichida bu borada peshqadamlik qilgan Yaponiya uchinchi o‘ringa tushib ketdi va Avstriya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya bilan bir maqomda turibdi. Ushbu mamlakatlar fuqarolari 189 ta davlatga vizasiz borishi yoki borgan zahoti olishi mumkin.
Ikkinchi o‘rinni Germaniya, Italiya va Ispaniya (190 mamlakat) pasporti egallagan.
Reytingda O‘zbekiston 78-o‘rinda joylashgan. O‘zbekiston fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda borishi mumkin.
Taqqoslash uchun, Rossiya 49-o‘rinda (115 ta mamlakat), Belarus 64-o‘rinda (79 ta mamlakat), Qozog‘iston 66-o‘rinda (77 ta mamlakat), Ozarboyjon 72-o‘rinda (69 ta mamlakat), Armaniston 74-o‘rinda (66 ta mamlakat).
Reytingning so‘nggi, 103-o‘rnida fuqarolari 27 ta davlatga vizasiz sayohat qilishi mumkin bo‘lgan Afg‘oniston joylashgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

22:45 / 25.07.2025
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

21:16 / 21.07.2025