Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda – OAV
Saudiya Arabistoni va Turkiya Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha yashirin muzokaralarda ishtirok etyapti.
Foto: AP
Financial Times xabariga ko‘ra, muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. Uchrashuvlarda rossiyalik oligarx Roman Abramovich ham ishtirok qilyapti. U urush boshida Rossiya-Ukraina tinchlik muzokaralarida, mahbuslar almashinuvi va g‘alla bitimi muhokamasida ham vositachilik qilgan edi.
FT ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroning har ikki tomoni uchun bolalarni deportatsiya qilish muammosi shunchalik jiddiyki, ular bir-birlari bilan yuzma-yuza gaplashishdan bosh tortmoqda, masalan, mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokaralardan farqli o‘laroq.
Manbalardan biriga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Kopenhagenda bo‘lib o‘tgan G20 a’zolari yig‘ilishida ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish zarurligi masalasini ko‘targan. Shu bilan birga, G‘arb davlatlari Saudiya Arabistonining vositachilardan biri sifatidagi rolini ma’qullagan.
Ukraina bergan ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 20 ming bola bosib olingan hududlardan noqonuniy ravishda deportatsiya qilingan. 2023 yil mart oyida Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovani Ukrainadan bolalarni noqonuniy olib chiqishda ayblab, hibsga olishga order bergan edi. Rossiya hukumati bolalarni Ukraina hududidan olib chiqqanini inkor etmayapti va bu ularning xavfsizligi uchun qilinganini da’vo etmoqda.
Mavzuga oid
07:55
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026