Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqladi
13 iyul kuni prezident «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
«O‘zbekiston hukumati va Rossiya hukumati o‘rtasida 2022 yil 2 dekabrda Samarqand shahrida imzolangan O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin», deyiladi hujjat matnida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoniga mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-qoidalarining O‘zbekiston tomonidan bajarilganligi, shuningdek, uning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organga tegishli bildirishnoma yuborish topshirildi.
Xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga uning qoidalari ijrosi ustidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlash topshirildi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025