Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda elektr ta’minoti cheklanmoqda. Tarmoq yuklamani ko‘tara olmayapti
18 iyul kuni tushga yaqin Toshkentning Yunusobod tumanidagi bir nechta mavzelarda elektr ta’minoti 2 soatga o‘chirildi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi 110 KWlik elektr uzatish liniyalarining yuklanganlik darajasi ortib ketganini ma’lum qildi.
Yunusobod HETK kanalidagi xabarlarga ko‘ra, tumandagi 3- va 8-kvartallar, Eski Yunusobod, Elnur, Amir Temur ko‘chalari, 17-kvartal (sanoat zonasi) va 10-kvartalda (Islomobod mahallasi) elektr ta’minoti 2 soatga to‘xtatilgan. Faqat 17-kvartalda elektr ta’minoti 2 soatga bormay qayta tiklangan.
Bu uzilishlar 110 KVlik tarmoqda yuklama ortib ketgani va “shaharning topshirig‘i” bilan izohlangan.

Oxirgi oylarda poytaxtdagi elektr uzilishlarining katta qismini mas’ullar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi rejali ta’mirlash bilan izohlab kelmoqda. Shu bilan birga, jazirama kunlarda tarmoqning yuklanganlik darajasi ortib ketishi va avariyalar sababli ham uzilishlar ro‘y bermoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Toshkent shahar filiali 18 iyul kuni ta’mirlash ishlari sabab quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilishini ma’lum qilgan:
- Uchtepa tumani: “Oq masjid” va “Xurshid” MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko‘chalarda soat 09:00 dan 15:00 gacha;
- Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Rasmiylar ta’mirlash ishlari ertaroq yakunlanishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilib, vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Toshkentda kecha, 17 iyul kuni Olmazor tumanidagi qator mahallalar tarmoqdagi avariya sabab bir muddat elektrsiz qolgan edi.
Mavzuga oid
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 05.02.2026