Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiysi KXDR chegarasini kesib o‘tdi, u hibsga olingan bo‘lishi mumkin
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik askarlardan biri demilitarizatsiya qilingan hududga tashrif buyurish chog‘ida «qasddan va ruxsatsiz» Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan.
Foto: Yonhap
Amerikalik askarlardan biri demilitarizatsiya qilingan hududga tashrif buyurish chog‘ida «qasddan va ruxsatsiz» Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan va KXDR tomonidan hibsga olingan bo‘lishi mumkin. Buni 18 iyul, seshanba kuni Pentagondagi matbuot anjumanida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin tasdiqladi.
«Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz, uni tekshiryapmiz va harbiy xizmatchining yaqin qarindoshlarini xabardor qilish va bu hodisani hal qilish uchun choralar ko‘rish ustida ishlayapmiz», dedi Ostin. Uning so‘zlariga ko‘ra, nima bo‘lganini tushunganlar hali surishtiruvning «juda erta bosqichida» va xulosaga kelish uchun ko‘proq vaqt kerak, vaziyat «rivojlanishda davom etadi».
AQSh tomoni va AQSh shafeligidagi BMTning Janubiy Koreyadagi qo‘mondonligi hodisa tafsilotlari va askarning maqsadiga oydinlik kiritish uchun Shimoliy Koreya kuchlari bilan hamkorlik qilishini bildirdi. Seuldagi Mudofaa vazirligi voqea yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi, deb xabar beradi AFP.
Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya texnik jihatdan urush holatida, chunki Koreya urushidan keyin tinchlik shartnomasi tuzilmagan. Koreya Respublikasi va Shimoliy Koreyani demilitarizatsiya zonasi ajratib turadi. Unga tutash hudud qat’iy qo‘riqlanadi. Shu bilan birga, zonaning o‘zi sayyohlar uchun ochiq.
Mavzuga oid
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026
Eron va Ummon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
17:56 / 22.05.2026