Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul ma’muriyati ehtimoliy zilzilaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi
Shahardagi 1,5 million bino xavf ostida, 600 mingi yuqori xavf ostida ekani aytildi.
Foto: Kun.uz
Turkiya Ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet O‘jaseki so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar Istanbulni kelgusi haftadan ehtimoliy zilzila uchun tayyorlashni boshlaydi. Seysmologlar avvalroq Turkiyaning ushbu hududidagi yer silkinishlari xavfi haqida ogohlantirgan edi.
«Istanbuldagi ehtimoliy zilzila bo‘yicha Ekrem Imomo‘g‘lu (Istanbul hokimi) va tumanlar rahbarlari bilan uchrashdik, muhim kelishuvga erishdik. Kelgusi haftadan ish boshlaymiz», dedi O‘jaseki.
Unga ko‘ra, Istanbulda 5 million 800 ming bino bor. Ularning 1,5 millioni xavf ostida, 600 mingi yuqori xavf ostida. Vazir zilzilaga tayyorgarlik tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.
12 iyul kuni turkiyalik seysmolog Naji Go‘yurur Marmara dengizi hududida 7,2-7,6 magnitudali zilzila bo‘lishi kutilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Anadolu tektonik plitasining shimoliy tarmog‘i, Shahzodalar orollari va Qumburgaz shahrida yer yorilishi mumkin. Seysmologlar fikricha, Turkiyada navbatdagi zilzila 2030 yilgacha sodir bo‘lishi mumkin.
6 fevralga o‘tar kechasi Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Buning oqibatlari Suriya, Liviya, Livan va mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham sezildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 50 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026