Jahon | 11:04 / 21.07.2023
10190
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev o‘z portlari Rossiya blokadasiga olingani haqidagi bayonotga javob qaytardi

Ukraina Qora dengizda Rossiya portlari yo‘nalishida suzib yurgan barcha Rossiya kemalarini harbiy yuk olib ketayotgan texnika sifatida ko‘rishi haqida ogohlantirdi.

Foto: delfi.ru

Ukraina Rossiya tomonidan Qora dengiz portlari amalda blokadaga olinganiga munosabat bildirdi. «2023 yil 21 iyul soat 00:00dan boshlab Qora dengizda Rossiyaning dengiz portlari va Ukraina hududida Rossiya tomonidan vaqtincha egallab olingan Ukraina dengiz portlari yo‘nalishi bo‘yicha suzib yurgan barcha kemalar Ukraina tomonidan tegishli barcha xavf-xatarlar bilan harbiy yuk tashuvchi texnika sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin», — deyiladi Ukraina Mudofaa vazirligi xabarida.

«Moskva» kreyserining taqdiri Ukraina mudofaa kuchlarida Rossiyaning dengizdagi agressiyasini qaytarish uchun zarur vositalar mavjudligini isbotladi», — deya ogohlantirdi vazirlik. Shuningdek, ular Qora dengiz shimoli-sharqiy qismi va Kerch-Yenikalskiy bo‘g‘ozi hududlarida 20 iyuldan boshlab navigatsiya taqiqlanishini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 20 iyuldan boshlab Qora dengizda Ukraina portlariga suzib ketayotgan barcha kemalar potensial harbiy yuk tashuvchilar sifatida ko‘rib chiqilishini va bunday kemalarda bayrog‘i o‘rnatilgan davlatlar «Kiyev rejimi tomonida Ukraina mojarosida ishtirok etayotgan deb hisoblanishi» to‘g‘risida e’lon qildi.

Idora blokadaning joriy etilishini «g‘alla bitimi»ning yakunlanishi bilan izohladi.

Mavzuga oid