Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Ukraina g‘allasi eksporti uchun Boltiqbo‘yi davlatlari portidan foydalanishga chaqirdi
Litva Yevropa Ittifoqini uch Boltiqbo‘yi mamlakati portlaridan Ukraina donini eksport qilish uchun foydalanishga chaqirdi.
Foto: newsunrolled
AFP axborot agentligi tomonidan tanishib chiqilgan, Litvaning uch vazirlari tomonidan imzolangan va Yevropa komissiyasiga yo‘llangan maktubda aytilishicha, Boltiqbo‘yi portlari Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, g‘alla tranziti uchun «ishonchli muqobil variant»ga aylanishi mumkin.
Maktubda aytilishicha, Boltiqbo‘yi mamlakatlari yiliga 25 million tonna g‘alla tashishda yordam berishi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Ukraina g‘allasini ham tijorat, ham bepul asosda almashtirishi mumkin». Bu haqda u Kreml saytida chop etilgan maqolasida yozgan va bu yil «rekord hosil kutilayotganini» qo‘shimcha qilgan.
Putin Ukraina portlaridan oziq-ovqat eksport qilish bo‘yicha «g‘alla bitimi»ni «insonparvarlik maqsadini oqlay olmadi» deb atadi va uning davom etishi «o‘z ma’nosini yo‘qotdi» deb ta’kidladi.
18 iyulda muddati tugagan «g‘alla bitimi»dan chiqqanidan so‘ng, Rossiya Ukraina janubini, jumladan Odessani o‘qqa tutishni keskin oshirdi. Shu bilan birga, ayrim tahlilchilarning fikricha, Moskva dastlab kelishuvni uzaytirish niyatida bo‘lmagan.
Mavzuga oid
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
09:11 / 22.05.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning yirik neft zavodiga zarba berdi
21:31 / 21.05.2026