Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida mashinani olib qochgan voyaga yetmagan qiz YTHga uchradi
2023 yil 16 iyul kuni soat 05:20 da 24 yoshli B.O. Toshkent viloyati IIBB 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U 2023 yil 15 iyul kuni soat taxminan 23:30 da boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinada Chirchiq shahar 4-kichik nohiyada joylashgan tanishining yashash xonadoniga kelganini, avtomashinani mazkur uy oldida qoldirib, pult yordamida qulflaganini, so‘ng tanishining xonadonida tunab qolganini, ertasi kuni, soat 05:00 da uy tashqarisiga chiqqan vaqtida uy oldida qoldirgan avtomashinani noma’lum shaxs olib qochib ketganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mashina Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, voyaga yetmagan 16 yoshli M.D. (qiz) tomonidan olib qochilgani va ushbu avtomashinada Chirchiq shahar Oktabr qo‘rg‘oni tomondan harakatlanib ketayotgan vaqtida svetofor bilan tartibga solingan avtomobil yo‘lida to‘xtab turgan 44 yoshli T.M. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinasining orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi qizdan nima sababdan ushbu jinoyatni sodir qilgani so‘ralganida, u Chirchiq shahar 4-kichik nohiyada joylashgan tanishining xonadonida vaqtinchalik yashab kelayotganini va shu kuni uning xonadonga B.O. kelib uxlab qolganidan foydalanib, unga tegishli avtomashina pulti va kalitini olib, avtomashinada do‘konga borib kelmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
09:55 / 27.06.2026
Chirchiqda kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026