O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmonlar kengashi tuziladi
O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar doirasida mamlakat vakilining Ispaniya savdo-sanoat palatasi xalqaro boshqarmasi boshlig‘i Xayme Montalvo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida joriy yil 1 mart kuni Toshkent shahrida ikki davlat hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi doirasida imzolangan «Iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik mexanizmlari haqida»gi bitimida belgilangan Ispaniya hukumati tomonidan O‘zbekistonga 250 million yevrogacha bo‘lgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirish mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish maqsadida ikki tomonning yetakchi kompaniyalari ishtirokida ishbilarmonlar kengashini tuzish masalasi muhokama qilindi.
X.Montalvo hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan biznes forumida Ispaniyadagi yetakchi kompaniyalarning 50 nafarga yaqin vakili ishtirok etib, O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Ispaniya kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonga mazkur imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi mamlakatda ko‘plab qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi to‘g‘risida fikr bildirilgani ham qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2023 yilning to‘rtinchi choragida mazkur masala yuzasidan ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida amaliy uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?

08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi

07:40 / 12.09.2024