Kengaşni taşkil etiş böyiça kelişuv prezidentning 4–6 noyabr kunlari AQŞga taşrifi davomida «S5+1» sammiti doirasida erişilgan.
Özbekiston tomonidan Kengaş tarkibi, reglamenti va tartib-taomillarini Prezident Administratsiyasi rahbari tasdiqlaydi.
Ustuvor vazifalar:
- strategik taşabbuslar, yirik investitsiya va savdo loyihalarini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş;
- Özbekistonga qöşimça investitsiyalar jalb etiş uçun maxsus investitsiya fondi yaratiş, DFC, YeTTB, XMK, OTBni jalb etiş;
- tarif stavkalarini özaro pasaytiriş böyiça muzokaralarni davom ettiriş;
- IT-park rezidentlari mahsulot va xizmatlarini AQŞda tizimli ilgari suriş;
- investitsiya portfeli, şu jumladan valuta zaxiralari diversifikatsiyasi böyiça takliflar.
2026 yil 1 yanvardan Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi huzurida Prezident Administratsiyasining maslahatçi-elçisi lavozimi joriy etiladi (tayinlaş — PA rahbari vakolati).
TIV va ISSVga AQŞdagi elçixona ştati va qöşimça konsulliklarni köpaytiriş böyiça taklif tayyorlaş (Filadelfiya, Çikago, Orlando, Sietl ustuvor), diaspora bilan samarali hamkorlik modelini yölga qöyiş topşirildi.
2026 yil 1 yanvardan AQŞdagi investitsiya faoliyati böyiça rezidentlarning operatsiyalari (ustav fondiga iştirok va h.k.) — çeklovlarsiz, Özbekiston banklaridagi rezident hisoblari doirasida amalga oşiriladi (Markaziy bank — zarur özgartişlarni tayyorlaydi).
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank mamlakat investitsiya aktivlari va zaxiralari tuzilmasini foydali va likvid aktivlarga (şu jumladan, AQŞdagi) yönaltiriş böyiça takliflar kiritadi.
Kengaşning AQŞdagi doimiy ofisining ijro organi ştati (AQŞ mutaxassislari iştirokida) şakllantiriladi, reglament va tartib-taomillar 20 kun/1 oy muddatlarda tayyorlanadi, özaro investitsiyalarni himoya qiliş bitimi böyiça muzokaralar boşlanadi.







