Qarorni qabul qilişdan közlangan maqsad etib tadbirkorlar va soliq organlari örtasidagi nizolarni hal qiliş uçun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytiriş belgilandi.
Qarorga köra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari böyiça ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar böyiça ekspert kengaşi taşkil etiladi.
Ekspert kengaşining majlislari 1 oyda kamida 2 marta ötkaziladi.
Ekspert kengaşiga soliqqa oid nizolarni körib çiqişda quyidagi vakolatlar beriladi:
🔹 soliq organlarining qarorlaridan norozi bölgan tadbirkorlarning murojaatlarini körib çiqiş, bundan jinoyat işi doirasida yoki sud tartibida körib çiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
🔹 murojaatlarni körib çiqiş natijasi yuzasidan xulosa qabul qiliş;
🔹 qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda körib çiqiş uçun soliq, bojxona va tegişli davlat organlariga yuboriş hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qiliş.











