Farmonga köra, quyidagi qayta taşkil etiş çoralari amalga oşirildi:
- Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini taşkil qiliş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş — Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik rejalaştiriş va rivojlaniş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş etib qayta taşkil etildi;
- prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi — Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi etib qayta taşkil etildi.
- Strategik islohotlar agentligini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi — prezident huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi etib qayta taşkil etildi.
Muvofiqlaştiruvçi kengaşning maqomi va vazifalari:
- kengaş vazirlik va idoralar, şuningdek mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining strategik rejalaştiriş sohasidagi faoliyatini muvofiqlaştiradigan idoralararo kollegial organ hisoblanadi;
- kengaş 1- va 2-darajali strategik hujjatlar loyihalarini (konsepsiyalar va strategiyalar) ularni qabul qilişning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan körib çiqadi.
Ma’qullangan loyihalar keyingi tartibda Prezidentga kiritiladi.
PF–201 bilan 2025 yil 1 noyabrdan strategik rejalaştirişning uç bosqiçli iyerarxiyasi — konsepsiya (7+ yil, qonun bilan), strategiya (4–7 yil, prezident hujjatlari bilan), dastur (1–3 yil, prezident/Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan) — amaliyotga joriy etilgan edi. Yangilangan tuzilmalar uşbu zanjirni uyğunlaştiriş, monitoring va baholaşni kuçaytirişga xizmat qiladi.







