23:59 / 29.07.2023
14415

Kavani – «Boka Xuniors» futbolchisi

«Valensiya» hujumchisi Edinson Kavani Ispaniyadan Argentinaga ko‘chib o‘tdi.

Foto: Getty images

Urugvay milliy jamoasining 36 yoshli forvardi «Valensiya» bilan kelishuvni bekor qilib, erkin agent sifatida «Boka Xuniors» a’zosiga aylandi. Tomonlar 2024 yilning dekabr oyiga qadar shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Kavani o‘tgan mavsum jami 28 o‘yinda 7ta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Edinson Yevropadagi faoliyati davomida «Palermo», «Napoli», «PSJ», «Manchester Yunayted» klublarida ham to‘p surgan.

Mavzuga oid
Top