Xöş, uşbu transfer darçasida qaysi klublar öz işlarini bitirdilar-u, qaysi klublar ertaga juda faol bölişadi. Bizni yana qanday katta transferlar kutmoqda? Quyida şu haqida mulohazalar havola etiladi.
«ReAL»
«Real» katta ehtimol bilan özini ança sokin tutadi. Borxa Mayoralning «Roma»ga berilişi Luka Yoviç Madridda qolişini anglatadi. Kavani bilan şartnoma imzolayotgan «MYu»ning uşbu hujumçiga qiziqişi pasaygani e'tiborga olinsa, serbiyalik hujumçiga jiddiy xaridor yöq va «Real»ni bu taşvişlantirmayapti ham. Şuningdek, jamoani tark etişi kutilgan Naço Fernandes ham qolişi oydinlaşmoqda. Dani Karvaxal jarohat olib, uzoq muddatga safdan çiqdi, demak, Zidanga öng qanotda himoyaçi kerak va Naço unga asqotadi.
Kelişi mumkin bölganlar içida Ussoma Auar nomini keltiriş mumkin. Ba'zi manbalarga qaraganda, «Real» uşbu futbolçi uçun «Lion»ga 20 million yevro va Mariano Diasni taklif qilib köradi. Buning amalga oşişi qiyin, demak, uşbu transfer oynasi «Real» uçun Beyl va Xames bilan xayrlaşilgani hamda Edegorning qaytişi bilan esda qolişi mumkin.
«BARSeLONA»
Pyaniç va Dest - yangi nomlar, Suares, Rakitiç, Artur, Vidal, Semedu kabi futbolçilar jamoani tark etişdi. Yangi murabbiy kelgani va sönggi yildagi natijalarni e'tiborga olsak, jamoa bozorda faol bölişi kerakdek. Ammo hozirça, faqat Koutinoning yangi funksiyalar bilan yetakçiga aylanayotgani biroz ijobiy taassurot bermoqda, xolos.
Kuman Memfis Depayni olib kelişga urinmoqda, ammo muzokaralar uçun qisqa vaqt qolayotgani e'tiborga olinsa, bu oson bölmaydi. Zero, «Lion» prezidenti endi klub heç kimni sotmasligini aytgan. Faqat yaxşi taklif va futbolçining qattiq istagi uşbu transferga yordam berişi mumkin, xolos. Amalga oşişi aniqroq transferlar içida Erik Garsiyaning «Mançester Siti»dan qaytişi bölişi mumkin. Har ikki klub ham muzokaralar uçun oçiq – örtada hal bölmayotgan kiçik summa muammo tuğdirmasa kerak.
«BAVARIYa»
Sanening kelişi va Alkantaraning ketişi uşbu klub uçun bu transferlar darçasidagi muhim voqealar böldi. Şuningdek, Perişiç ham ijarasi tugab, jamoani tark etgani hisobga olinsa, klub sönggi kunni bekor ötkazmaydi. Birinçidan, Kramariçni qölga kiritiş böyiça «Hoffenhaym» bilan muzokaralar davom etmoqda, ikkinçidan, Kallum Hadson-Odoi böyiça 70 million yevrolik taklif «Çelsi» tomonidan rad etilgan bölsa-da, bu taklif sönggisi bölmasligini taxmin qilsa böladi. Kramariçga muqobil sifatida «PSJ» hujumçisi Erik Şupo-Motting nomzodi ham bor.












