Jahon | 09:11 / 31.07.2023
4881
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: AQSh Xitoyni infratuzilmani virus bilan zararlaganlikda gumon qilmoqda

NYT maqolasida aytilishicha, Pekin Tayvanga hujum qilinsa, Vashingtonning javob choralarini sekinlashtirish uchun AQSh harbiy bazalarini quvvatlantiradigan elektr tarmoqlari uzilishiga erishmoqchi.

Foto: unsplash/hishahadat

AQSh razvedka xizmatlari fikricha, Xitoy AQShning muhim infratuzilmasiga, jumladan Pekinning Tayvanga qarshi ehtimoliy tajovuzi vaqtida AQSh qo‘shinlarini joylashtirish yoki yetkazib berishni to‘xtatish yoki sekinlashtirish uchun zararli dasturlarni kiritgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The New York Times gazetasi 30 iyul, yakshanba kuni yozdi

Maqolada aytilishicha, AQSh harbiylari, shuningdek, razvedka va milliy xavfsizlik rasmiylari fikriga ko‘ra, bu virus AQSh harbiy bazalarini ta’minlovchi elektr tarmoqlari, aloqa va suv ta’minoti tizimlari boshqariladigan tarmoqlarda ishga tushiriladi. Qo‘shma Shtatlardagi oddiy uy xo‘jaliklari va korxonalar ham bitta elektr va suv tarmoqlaridan foydalanishi hisobga olinsa, ushbu dasturiy ta’minotning zarari ayniqsa katta bo‘lishi mumkin. 

Vashingtonga ko‘ra, «soatli mexanizmga ega bomba»ga qiyoslangan virus Xitoy xalq ozodlik armiyasida ishlaydigan hakerlar tomonidan yaratilgan bo‘lishi mumkin. 

Ta’kidlanishicha, bunday virus mavjudligi haqidagi birinchi taxmin may oyining oxiriga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Microsoft AQSh harbiy-havo kuchlari yirik bazasi joylashgan Mikroneziyaning Guam oroli va AQShning ayrim hududlarida telekommunikatsiya tizimlarida sirli kompyuter kodini topgani haqida e’lon qilgan edi. 

Mavzuga oid