O‘zbekiston | 09:33 / 01.08.2023
3808
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mutaxassislari Yaponiya sanoat korxonalarida ishga joylashtiriladi

JICA bilan O‘zbekiston mutaxassislarini Yaponiya sanoat korxonalarida ishga joylashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiyadan iborat ishchi guruhi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiro Tanaka bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuv avvalida Yaponiya agentligi bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega ekani va mamlakat rahbariyati tomonidan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.

JICA rahbari O‘zbekistondan mehnat kuchini jalb qilishda, ularga yapon tajribasini o‘rgatish, munosib ish bilan ta’minlashda ko‘maklashishga tayyor ekanini ma’lum qilar ekan, ishchilar o‘z vataniga qaytganidan so‘ng O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Muzokaralar so‘ngida O‘zbekiston mutaxassislarini Yaponiya sanoat korxonalarida ishga joylashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid