O‘zbekiston | 15:59 / 04.08.2023
6294
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Uzbekistan orzu qilingan avtomobillarni taqdim etdi!

Foto: Beeline Uzbekistan

MEGA DRIVE aksiyasi 2023 yil 2 maydan 2023 yil 30 iyungacha o‘tkazildi. Har kuni 15 million so‘m o‘ynaldi, bosh sovrin sifatida esa ikkita BYD SONG PLUS elektromobili bo‘ldi.

Aksiya davomida har hafta Beeline TV va Beeline Uzbekistan kompaniyasining Facebook, Instagram va YouTube sahifalarida jonli efirda 15 million so‘m sohibiga aylagan 7 nafar g‘olib aniqlandi. 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasini o‘zaro bo‘lishib, 60 kishi g‘olib bo‘ldi. Aksiya finalida esa barcha ishtirokchilar orasidan ikkita BYD SONG PLUS elektromobilining egalari aniqlandi.

15 iyul kuni Tashkent City’da MEGA DRIVE finali bo‘lib o‘tdi, unda katta konsert va elektromobillar o‘yini tashkil etildi. Minglab odamlar konsertni oflayn va onlayn kuzatib, o‘yin natijalarini kuzatib borishdi.

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridan Fayozov Jahongir va andijonlik Ergashev Baxtiyorjon avtomobil sohibiga aylanishdi. G‘oliblardan biri o‘zining yangi mashinasini o‘zi haydashni rejalashtirganligi, ikkinchisi esa uni qaynonasiga sovg‘a qilishini qaror qilganligi haqida aytdi.

«Men juda xursandman, bu men uchun juda hayajonli lahza! Men oilaviy tadbirda edim, afsuski, finalning jonli efirini tomosha qila olmadim. Lekin men yutganimni bilgach, juda xursand bo‘ldim! Men mashinani o‘zim haydamoqchiman. Biz oilaviy Beeline Uzbekistan mijozlarimiz. Har oy butun oilamning balansini o‘zim to‘ldiraman: o‘zimga 30 ming, bolalarim va rafiqam uchun 27-35 ming. Aloqa sifati yaxshi, barchamizga yoqadi. Men ko‘proq mobil internetdan foydalanaman: YouTube tomosha qilaman, Telegram va WhatsApp’da muloqot qilaman», — deb o‘rtoqlashdi Baxtiyorjon Ergashev.

«Men mashina yutganimni bilganimda, ishlar bilan band edim va avvaliga ishonmadim! Men uni qaynonamga berishga qaror qildim. Biz butun oilamiz bilan 13 yildan buyon Beeline xizmatlaridan foydalanamiz, odatda balansni har oy 55 mingga to‘ldiramiz. Men ko‘pincha mobil internetdan foydalanaman: Telegram va YouTube’da video tomosha qilaman», — dedi Jahongir Fayozov.

Oxirgi 2 yil ichida bu Beeline Uzbekistan'ning uchinchi katta aksiyasi. O‘tgan yillar davomida digital-operator Yevropa va boshqa mamlakatlarga sayohatlar hamda boshqa qimmatbaho sovrinlarni o‘yinga qo‘ydi. Masalan, 2022 yilda superyutuq – Hyundai LAFESTA poytaxtlik sovrindorga nasib etdi.

«Biz noyob imkoniyatlar va qimmatbaho sovg‘alarni taklif qilish orqali mijozlarimizni xursand qilish va qo‘llab-quvvatlashga intilamiz, shuning uchun biz MEGA DRIVE aksiyasini katta mamnuniyat bilan o‘tkazdik. Ikkala g‘olib ham Beeline Uzbekistan kompaniyasining ko‘p yillik mijozlari ekani juda quvontiradi, ularning yuzlaridagi tabassum hamda oilalarining xursand bo‘layotganini ko‘rish bizni chindan ilhomlantiradi. Aksiyada jami 3,5 million nafardan ortiq mijozlarimiz ishtirok etishdi. Tanlovda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz hamda Jahongir Fayozov va Baxtiyorjon Ergashevni BYD SONG PLUS elektromobillarini yutganlari bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklaymiz! G‘olib bo‘lish nasib etmagan mijozlarimizdan ranjimasliklarini so‘rayman, bu bizning bu yilgi so‘nggi aksiyamiz emas va sizlar Beeline Uzbekistan aksiyalarida ishtirok etish va g‘alaba qozonish uchun oldinda ko‘plab imkoniyatlarga egasiz. Yangiliklarni kompaniya saytida va Beeline Uzbekistan ilovasida kuzatib boring!» — deya xulosa qiladi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov. 


Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
 

Web Page | Facebook | Instagram | Telegram | Twitter | LinkedIn

Mavzuga oid