Jahon | 14:59 / 04.08.2023
20163
5 daqiqa o‘qiladi

Dunay bo‘yiga hujum oqibatlari va Lvivdagi harbiy asirlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 526-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni Ukrainada 8500 dan oshiq desantchi jarohat olganini aytib qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay uning bayonoti RF mudofaa vazirligi telekanali saytidan g‘oyib bo‘lib qoldi.
  • Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Qrim ko‘prigida ro‘y bergan ikki portlashda ham ukrain maxsus xizmatlari «ishtirok etgani»ni ma’lum qildi. «Biz bu haqda birinchi safar ham, ikkinchi safar ham aytgandik. Bizda shunday ma’lumot bor edi. Biz buni bilardik. Tasdiqlash ortiqcha», — dedi bunga javoban RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
  • Xersonda Rossiya qo‘shini knyaz Potyomkin dafn etilgan Yekaterinin soborini o‘qqa tutdi. Sakkiz kishi yaralangan, ular orasida — Norvegiyadan kelgan ko‘ngilli ham bor.
  • RF Iqtisodiy rivojlanish vazirligi xodimlari Moskva-Sitiga qilingan dronlar hujumidan keyin sentabr oyiga qadar masofadan ishlash uchun yuborilgan. Vazirlik ofisi «IQ-kvartal» osmono‘par binosida joylashgan, bu binoga 30 iyul va 1 avgust kunlari ukrainlar droni kelib urildi.
  • O‘z do‘koni fasadiga urushga qarshi shiorlar va Ukraina shaharlari nomlarini yozib qo‘ygan aktivist Dmitriy Skurixin RF armiyasini takroran «obro‘sizlantirish» ishi bo‘yicha bir yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Izmayil shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari

2 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini dronlar bilan Ukraina hududi bo‘ylab zarbalar berdi. Hujumga uchragan shaharlar qatorida Odessa oblasti janubidagi Izmayil shahri ham bor. Bu yerda daryo porti joylashgan — dronlar Ukrainaning butun Dunay bo‘ylab asosiy yuk tashuvchisi bo‘lgan Dunay kemachilik kompaniyasi infratuzilmasiga shikast yetkazgan. «RBK-Ukraina» nashri yozishicha, jami 40 ming tonnaga yaqin g‘alla nobud qilingan.

Bundan tashqari, hujum vaqtida Rossiya dronlari Ruminiya hududiga ham uchib kirgan (Izmayildan chegaragacha — taxminan 330 kilometr). Ruminlarning chegara hududidagi Chetalkioi qishlog‘i aholisi o‘z uylari ustida uchayotgan dronlarni ko‘rishgani haqida xabar berishgan — ularning so‘zlariga ko‘ra, ulardan biri o‘rmonga qulagan, ammo Ruminiya tergov-operativ guruhi uni topa olmagan. Ruminiya mudofaa vazirligi «ayni vaqtda mamlakat hududi yoki hududiy suvlariga Rossiya tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid yo‘qligi»ni ma’lum qilgan. Kreml va Rossiya mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan izoh bermagan.

Izmayil shahri yaqinidagi dalalar ustida rossiyaliklar dronlari hujumidan keyin hosil bo‘lgan tutun
Yulii Zozulia / Ukrainform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Izmayilda yashovchilar rossiyaliklar dronlaridan shikastlangan port terminali hududida
Nina Liashonok / Ukrainform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Dunay kemachilik kompaniyasining ma’muriy binosi
Nina Liashonok / Ukrainform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Urushning bir yarim yilidan keyin Donetsk oblastidagi vayrongarchiliklar

Svyatogorskdan yetti kilometr masofadagi Studenok qishlog‘i atrofidagi dalada yotgan harbiy texnika qoldiqlari
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Bogorodichne qishlog‘ida vayron qilingan ibodatxona. U Svyatogorskka tutashgan va Shimoliy Don daryosining narigi sohilida joylashgan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Toretsk shahridan Nyu-York posyolkasiga olib boruvchi yo‘l
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Bogorodichne qishlog‘idagi vayron bo‘lgan uy
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastining Slovyansk va Xarkiv oblastining Izyum shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda bo‘yab tashlangan yo‘l belgisi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Svyatogorskdan yetti kilometr masofadagi Sosnove posyolkasidagi temiryo‘l stansiyasi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Lviv oblastidagi koloniyada saqlanayotgan rossiyalik harbiy asirlar 

Rossiyalik harbiy asirlar Lviv oblastining qaysidir nuqtasida joylashgan tergov izolyatori hovlisida devorga o‘rnatilgan Ukraina xaritasi yonidan o‘tmoqda
Vitalii Nosach / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy asirlar televizor tomosha qilmoqda
Vitalii Nosach / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy asirlar mebel yasamoqda
Vitalii Nosach / EPA / Scanpix / LETA
Vitalii Nosach / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid