Jamoa a’zolari (suratda çapdan öngga):

  • Temur Mirzayev – tarjimon;
  • Ruşana Rajabova – filolog;
  • Xuşnud Xudoyberdiyev – huquqşunos;
  • Jobir Ahmedov – şifokor (jamoa sardori);
  • Hayotilla Rahmonov – aloqaçi;
  • Muhammadali Valixonov – INHA universiteti talabasi.
Öyinni suratga oliş jarayonidan lavhalar

Jobir Ahmedov jamoasi 2023 yilning yozgi mavsum beşinçi öyinida iştirok etadi.

Mavsumning avvalgi jamoalari qatorida uşbu tajribali jamoa oldida ham muşkul vazifa turibdi – finalga çiqiş uçun 6:0 yoki 6:1 hisobida ğalaba qozoniş kerak. Yaqin ötmişda ikki bor öyinning özidan (va-banksiz) 6:0 hisobida ğalaba qozongan jamoadan muxlislar bu işni yana bir marta takrorlaşini kutişga haqli.

1-raund savoli Şarof Raşidovning vafotidan keyin, 1994 yilda qaysi xizmati uçun Navoiy davlat mukofoti bilan taqdirlangani haqida böldi. Muhokama davomida jamoa töğri javobga yaqinlaşa olmadi va hisob teletomoşabinlar foydasiga oçildi – 0:1.

2-raundda braziliyalik qişloq aholisi öz niyatiga qarab ibodatxonaga turli rangdagi libosda borişi, qaysi holatda aholi ibodatxonaga jigarrang kiyimda borişi haqida savol öynaldi. Jamoa muhokama davomida savolning javobiga çiroyli tarzda yetib bordi va hisobni tenglaştirdi. Hisob – 1:1.

Jamoa a’zosi Xuşnud Xudoyberdiyev

3-raund savoli Amir Olimxon davrida töylarda odam sonini kamaytiriş uçun dasturxonga faqat bitta ovqat tortişdan taşqari yana qanday çora körilgan, degan mazmunda böldi. Uşbu savolda jamoa javobdagidan boşqaçaroq variant bergan bölsa-da, biroz bahs-munozaralardan söng jamoaning javobi savolda aytilgan ma’lumotlarga mos kelgani sababli töğri deb topildi hamda jamoaga oçko berildi. Hisob – 2:1.

Jamoa a’zosi Muhammad Ali Valixonov

4-raundda yana bir qiziq savol öynaldi. AQŞning Kuba qirğoqlaridagi harbiy bazalarida ötkazib turiladigan ekskursiyalarga kubaliklardan qaysi toifadagi insonlar kiritilmaydi, degan mazmundagi savolda jamoa qiyinçilikka uçradi va teletomoşabinlar hisobni tenglaştirdi – 2:2.

5-raundda suratlardan iborat blits savollari öynaldi. Birinçi savolga töğri javob topa olgan jamoa ikkinçi savolda omadsizlikka uçradi. Hisob – 2:3.

Keyingi raund savoli temirçining ustaxonasidagi odatiy holat haqida böldi. Tajribali jamoa temirçining ustaxonasidagi holatni tasavvur qilib, töğri javobga yetib bora oldi. Hisob – 3:3.

Jamoa a’zosi Temur Mirzayev

7-raundda italyan yozuvçisi Nikola Makiavellining "Hukmdor" asarida nimaga nisbatan “u yötalga öxşab oldindan bilib bölmaydigan holat. Davolaş oson-u, lekin heç yerda oxirigaça davolay olişmaydi”, deya ta’rif berilgani haqida savol öynaldi. Xoinlik deb javob bergan jamoa uşbu savolga töğri javob topa olmadi va hisobda yana teletomoşabinlar oldinga çiqib oldi – 3:4.

Jamoa a’zosi Ruşana Rajabova

Keyingi raundda maşhur futbolçi Yoxan Kroyf davrida futbolçilar nimaga simulyatsiya qilmagani haqida savol öynaldi. Jamoa savolning javobiga ança yaqin kelgan bölsa-da, muhokamalardan söng javob notöğri deb topildi. Hisob – 3:5.

Jamoa sardori Jobir Ahmedov

9-raundga kelib, hisob qaltis köriniş oldi. Endi birgina notöğri javob jamoaning mağlubiyatiga va finaldan quruq qolişiga sabab bölişi mumkin.

9-raundda Ötkir Hoşimov nima narsaga “u ba’zan tasodifan, ba’zan ataylab odam qalbiga begonadek boş suqib kirib keladi, söng yotoqdan joy söraydi. Oxirida xöjayindek joylaşib oladi. Unga bir bora yöl berdingizmi, tamom, keyin uning izmidan çiqa olmaysiz”, deya ta’rif bergani haqidagi savol öynaldi. Afsuski, jamoa savolga töğri javob topa olmadi va yozgi mavsum finali uçun kuraşdan çiqdi. Hisob – 3:6.

Jamoa a’zosi Hayotilla Rahmonov

Endilikda mavsum finalida Otabek Hamzayev boşçiligidagi yoş jamoa iştirok etadigan böldi.

Öyin stenogrammasi bilan quyida tanişib çiqişingiz mumkin.

1-raund. Savol muallifi: Xolbika Eşmurodova, Yakkaboğ tumani, Qaşqadaryo

Boşlovçi: Yurtiga sidqidildan xizmat qilgan insonlardan biri bu — Şarof Raşidov böladi. XX asrdagi eng uluğ siymolarimizdan biri. Öz davrida u kişiga juda köp mukofotlar topşirilgan. 1994 yilda, ölimidan söng Navoiy davlat mukofoti bilan yodlanadi.

Diqqat savol: Davlat mukofoti aniq qaysi xizmatlari uçun berilgan?

Javobni Xuşnud Xudoyberdiyev beradi: Tanlaş qiyin bölgan variantlar böldi, masalan, yozuvçiligi uçun, lekin boşidagi yurtiga sidqidildan xizmat qilganligi bizni kengroq öylaşga majbur qildi va bizning fikrimizça, Navoiy viloyatining taşkil topişida katta hissa qöşgan va Navoiyning nomi berilişida, yangi taşkil topgan viloyatda katta taşabbuskor bölganligi uçun Navoiy davlat mukofoti berilgan.

Töğri javob: U kişi siyosat arbobi, şoir, yozuvçi ham bölganlar. Bu borada u kişini bir katta asarlari qolmagan, bir-ikkita romanlari bor xolos. Ammo bir xizmatlari borki, mahobat bilan şahrimizni qoq örtasida haligaça xalqqa xizmat qilib kelmoqda. Mukofotni "Xalqlar döstligi" san’at saroyining ğoya muallifi, ijodiy rahbarligi uçun olganlar.

Hisob: 0 - 1

Savol muallifi Xolbika Eşmurodova 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

2-raund. Savol muallifi: Mavjuda Sultonova, Yangiyöl tumani, Toşkent viloyati

Boşlovçi: Braziliyalik qişloq aholisida şunday odat bor. Ular oilalarga omonlik tilaşni xohlaşsa, ibodatxonaga borganda, albatta, oq rangli libosda kelişarkan. Agar yomğir söramoqçi bölişsa, havorang libos kiyişarkan. Olisga ketgan yaqinlarining eson-omon qaytişini xohlaşsa, qizil rangli kiyimda ibodatga borişar ekan.

Diqqat savol: Nimani xohlaganda ibodatga jigarrang kiyimda kelişadi?

Javobni Hayotilla Rahmonov beradi: Kofe hosilining yaxşi bölişini söraşmoqçi bölişsa, jigarrang kiyişgan.

Töğri javob: Gap Braziliyadagi qişloq aholisi haqida ketyapti. Hosil yiğim-terimidan oldin jigarrang kiyimni köp kiyadi, agar hosillari möl bölişini xohlaşsa, ibodatga jigarrang kiyimda kelişgan.

Hisob: 1 - 1

Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

3-raund. Savol muallifi: Gulmira Rahmonova, Kogon tumani, Buxoro viloyati

Boşlovçi: 1910 yilda Buxoro taxtiga kelgan Amir Olimxon 1911 yili mart oyida farmon çiqaradi. Unga köra, töylarda faqat bitta palov tortilişi talab qilib qöyiladi. Bundan boşqa narsaga izn yöq, çoy, non, albatta. Töyda odamlar sonini qisqartiriş ham nazarda tutilgan. 

Diqqat savol: Odam sonini kamaytiriş maqsadida farmonga yana qanday band kiritilgan?

Javobni Temur Mirzayev beradi: Amaldorni töyga taklif qiliş taqiqlangan. Şundan keyin bevosita isrofgarçilikning ham oldi olingan, ya’ni ularga alohida ovqat yoki dasturxonni tökin-soçin qiliş şartmas.

Töğri javob: Maqsad nima? Odam sonini kamaytiriş töyxonada. Odam qaçon köp yiğiladi, özbeklarning töyida, ayniqsa, qişloqlarda. Bu töyda köpkari va uloq tomoşalari ötkazilsa, kuraş musobaqalari ötkazilsa, odamlarni siğdirib bölmay qolgan. Şuning uçun mana şu narsalarni töxtatgan. Jamoa bergan javob savol javobiga zid bölmaganligi sababli bilimdonlarga 1 ball beriladi.

Hisob 2 - 1

Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

4-raund. Savol muallifi: Kamronbek Baxtiyorov, Farğona şahri

Boşlovçi: AQŞ harbiy dengiz flotining ayrim bazalari ança yillardan beri Kuba qirğoqlarida faoliyat olib boradi. Ommaga bu loyiha tinçlik maqsadida taşkil etilgan deb körsatiş uçun ba’zan mahalliy aholini baza içiga ekskursiyaga olib kirişadi. Albatta, unga kiruvçilar şaxsi örganilgan, tekşirilgan.

Diqqat savol: Oddiy aholi orasidan kimlarni bazaga kiritişmagan?

Javobni Temur Mirzayev beradi: Amerika harbiylari ekskursiyaga tanlab olgan odamlarning ingliz tilini bilmasligi birinçi örinda bölgan. Çunki bazaga kirgandan keyin uskunalarning ustida, ma’lum bir instruksiyalarning içida matnlarni öqib tuşunib qolmasligi kerak bölgan.

Töğri javob: Baza içi AQŞ hududi hisoblanadi, u yerga aholining hamma qatlamidan vakillar kiritilgan. Ammo zinhor homilador ayollar kiritilmagan. Mabodo u ayol baza içida tuğsa, unga AQŞ fuqaroligi berilgan. Töğri javob — homilador ayollar.

Hisob: 2 - 2

Savol muallifi Kamronbek Baxtiyorov 2 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

5-raund. Blits savollari.

1-savol muallifi: Marat Mamutov, Nukus şahri

Boşlovçi: Suratga e’tiboringizni qarating.

Bu suratni çizgan rassom Eron şohi Taxmasp va Boburiy hukmdor Humoyun Mirzoni tasvirlagan?

Diqqat savol: Rassom bu suratni nima deb nomlagan?

Javobni Xuşnud Xudoyberdiyev beradi: Şatranj öyini

Töğri javob: Javob töğri

5-raund. Blits savollari.

2-savol muallifi: Ğanişer Hasanov, Paxtaçi tumani, Samarqand

Boşlovçi: Ekrandagi suratga e’tibor qarating.

Bu surat XX asr boşlarida Anadoluda olingan.

Diqqat savol: Bu surat qanday muassasada olingan?

Javobni Jobir Ahmedov beradi: Balki öşa paytlarda ilk rasmga oliş jarayonlari boşlangan bölgan. Fotostudiyadagi holat.

Töğri javob: Nahotki ular qölidagi közgu ekanligini sezmadingiz. Ular közguga qarab öz nutqlarini rivojlantirişmoqda, bu surat karlar maktabida olingan.

Hisob 2 - 3

Savol muallifi Ğanişer Hasanov 3 million söm pul mukofotini qölga kiritadi.

6-raund. Savol muallifi: Alişer Qulmurodov, Jizzax şahri

Boşlovçi: Savol muallifi yoşligida temirçi ustaxonasida şogird bölib işlagan ekan. Eng birinçi kundayoq uning diqqatini ustaxona içidagi bir holat tortgani, nega bunaqa deganda, usta, şunaqa bölmasa uni anglab bölmasligini tuşuntirgan. Dastlab könikolmadim, lekin vaqt ötişi bilan könikdim, deydi savol muallifi.

Diqqat savol: Şogird nima deb söragan va albatta ustozning javobi kerak?

Javobni Xuşnud Xudoyberdiyev beradi: Balkim öşa ustaxonaning yoruğligi deyarli bölmagan. Salkam qoronğilikda işlaşgan. Şuning uçun, nega bunaqa, deb sörasa, temirning qay darajada çöği qiziganini, sifatini anglaş uçun, deb javob bergan.

Töğri javob: Şogird şunday söraganki, nega xonaning içi nimqoronği, ustoz, temirning tobiga yetganini nazorat qiliş uçun deydi.

Hisob: 3 - 3

Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

7-raund. Savol muallifi: Nigora Rayimberdiyeva, Guliston şahri, Sirdaryo viloyati

Boşlovçi: Italyan yozuvçisi Nikola Makiavelli "Hukmdor" romanida unga şunday ta’rif bergan: u yötalga öxşab oldindan bilib bölmaydigan holat. Davolaş oson-u, lekin heç yerda oxirigaça davolay olişmaydi. Sezgan bölsangiz, aniqlaş oson-u, davolaş qiyin narsa nazarda tutilmoqda.

Diqqat savol: Makiavelli yötalga nimani öxşatgan?

Javobni Jobir Ahmedov beradi: Balki u sotqinlik, xoinlik haqida aytgan bölişi mumkin. Buni birinçidan oldindan bilib bölmaydi, kim bu narsani qiladi, orqadan kelib piçoq uradi. Nima uçun uni oxirigaça davolab bölmaydi? Aytaylik, siz şu odamni töğrilaganingiz bilan, keçirganingiz bilan şu narsani qanaqadir asorati, izi köngilda qoladi. Işonç avvalgidek bölmaydi.

Töğri javob: Uni yötalga bekorga öxşatmagan, tösatdan keladi va davolaşga kirişadi, lekin oxirigaça heç kim davolamaydi uni. Xuddi şunday unda ham mana şu holatlarni körişingiz mumkin. Makiavelli bu fikrni poraxörlikka nisbatan aytgan.

Hisob: 3 - 4

Savol muallifi Nigora Rayimberdiyeva 4 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

8-raund. Savol muallifi: Saida’zam Xöjayev, Olmazor tumani, Toşkent şahri

Boşlovçi: Maşhur futbolçi Yohan Kroyf, bizning avlod futbolçilari hozirgi öyinçilardek simulyatsiya qilişni yoqtirişmaydi va bilişmaydi. Sababi futbolni örganiş jarayonida biz bilan ularning orasida katta farq bölgan. Şundan yangi avlod bemalol simulyatsiya qilyapti, bizning avlod buni heç qaçon qilmaydi.

Diqqat savol: Ayting-çi, Kroyf avlodi nega simulyatsiya qilmagan?

Javobni Ruşana Rajabova beradi: Fikrimizça, hozirgi maydonlarga nisbatan, Yohan Kroyf davridagi maydonlar sifatsiz va qattiq bölgan. Hozir bilamiz, çim, yiqilsa ham kamroq jarohat oliş ehtimoli bor. Öşa vaqtlarda jarohat oliş ehtimoli köp bölganligi sababli futbolçilar yiqilmaslikka harakat qilişgan va şuning uçun simulyatsiya işlatişmagan.

Töğri javob: Kroyf aytgan, bizning avlod köçalarda asfalt ustida futbol öynagan. Hatto raqib çalsa ham, muvozanat saqlab qolganmiz, yiqilsak ham, lat yemaslikka harakat qilganmiz. Yangi avlod çim ustidagi maydonlarda öynaydi, örganadi. Şuning uçun sal tursayam yiqilib simulyatsiya qilişadi.

Hisob: 3 - 5

Savol muallifi Saidazam Xöjayev 5 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

9-raund. Savol muallifi: Şafoat Abdullayeva, Yangihayot tumani, Toşkent şahri

Boşlovçi: Maşhur yozuvçimiz Ötkir Hoşimov fikriça, u ba’zan tasodifan, ba’zan ataylab odam qalbiga begonadek boş suqib kirib keladi, söng yotoqdan joy söraydi. Oxirida xöjayindek joylaşib oladi. Unga bir bora yöl berdingizmi, tamom, keyin uning izmidan çiqa olmaysiz. Undan uzoq bölmoqlikni taklif qilgan, yozuvçimiz.

Diqqat savol: Nima haqida gap bormoqda?

Javobni Jobir Ahmedov beradi: Kibr

Töğri javob: Bu yerda bir joyiga çuqurroq e’tibor qaratiş kerak edi: unga bir bora yöl berdingizmi, tamom, keyin uni izmidan çiqa olmaysiz, doimo sizni ezib turadi, doimo sizni qalbingizni egallab turadi demoqçi. Töğri javob - gunoh.

Hisob: 3 - 6

Savol muallifi Şafoat Abdullayeva 6 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.

Öyinning eng faol bilimdoni — Xuşnud Xudoyberdiyev

Xuşnud Xudoyberdiyev 10 mln söm pul mukofotini qölga kiritdi.

Eng yaxşi savol muallifi — Mavjuda Sultonova, kofe hosili haqidagi savol

Mavjuda Sultonova 10 mln söm pul mukofotini qölga kiritdi.

Öyinning töliq videosini uşbu havolada tomoşa qilişingiz mumkin.