Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva 5 avgust kuni Ostona şahrida bölib ötgan “Zakovat” Osiyo kubogida sözga çiqdi. U Özbekiston va Qozoğiston oldida turgan eng muhim vazifa ta’limni rivojlantiriş ekanini ta’kidlab, ötgan asr boşidagi jadidçilik va Alaş harakatlarini yodga oldi.

“Özbekistonda 7 yil avval ham, har yili kuzda maktab va institutlar yopilar edi. Öqituvçilar, talaba va öquvçilar dalaga, paxta terimiga majburiy jalb qilinardi. Butun bir avlod çalasavod bölib qoldi. Biroq biz yuz yillik paxta qulligiga barham berdik. Millionlab öquvçilar öquv maskanlariga qaytarildi.

XX asr boşlarida jadidlar ham, Alaş harakati vakillari ham yagona maqsad sari – xalqni ozod qiliş va vatan ravnaqiga intilganlar. Barçalarining orzulari taraqqiy etgan jamiyat bölgan. Nima uçun mintaqamiz rivojlanişda dunyo mamlakatlaridan ortda qolayotganini ölkamiz ziyolilari yaxşi anglagan. Lekin ularga öylagan niyatlarini amalga oşiriş imkoni berilmadi.

Bir neça avlod almaşdi. Mana endi, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan, jadidlarning yiqilgan bayroğini tiklaşga kirişdik. Ular xuddi sizlardagi Alaş harakati vakillari kabi taraqqiyparvar yoşlar uçun namunadir. Biz ziyoli ajdodlarimiz ğoyalarini amalga oşiriş, ma’rifat va ta’limni ular orzu qilgan darajaga yetkaziş harakatini boşladik”, – dedi Saida Mirziyoyeva.