Hozirda 164 mamlakat – Jahon savdo taşkiloti (JST) a’zosi. Özbekiston haligaça bu taşkilotga kirmadi, holbuki unga a’zolik – mamlakatimiz uçun hayotiy zarurat. Iqtisodiy rivojlanişni tezlatiş, dunyo iqtisodiyotiga intergatsiya qiliş uçun kerak bu.

Manba: Wikipedia

Hozirda davlatimiz JSTga kiriş böyiça jadal muzokaralar olib boryapti. Mas’ullarning quyidagi hisobotlari quloqqa çalinyapti: “oldinga qarab ketyapmiz; sörovlarga javob beryapmiz; me’yoriy bazani özgartiryapmiz; oğir, ammo progress bor; tunnelning oxirida yoruğlik körindi”.

Odamni xursand qiladigan gaplar, albatta. Ammo bu gaplarni köp marotaba eşitgandek tuyğu paydo bölyapti menda. Gap şundaki, biz JSTga 30 yildan beri “kiryapmiz” (balki adaşayotgandirman, ammo çamasi JSTga kiriş böyiça muzokaralar ötkaziş davomiyligi böyiça bu – rekord).

Öqtin-öqtin “yaqinlaşib qoldik”, “mana hozir, oz qoldi”ni eşityapmiz... Ammo sal keyin jarayonni yana noldan boşlab qolyapmiz.

Aynan şu uçun ham nega har gal hammasini qaytadan boşlayotganimizni tuşunmasak, unda:

  • bu ğaroyib ahvol sabablarini bilolmaymiz,
  • bu boşi berk köçadan çiqiş imkoniyatlarimizni baholay olmaymiz,
  • muammoni hal qiliş uçun kerak bölgan harakatlarni aniqlaştirib ola olmaymiz.

Xöş, gap nimada özi?

Tafsilotlar içiga kiradigan bölsak, muammo bizning normativ bazamiz va davlat boşqaruvi amaliyoti bozor iqtisodiyoti va biznes yuritiş tamoyillariga mos emasligida ekani ma’lum böladi. Bu normativ akt va amaliyotlar:

  • erkin savdo uçun tösiqlar qöyadi;
  • ba’zilarga imtiyozlar berib, ba’zilarga çeklovlar qöyuvçi sun’iy monopoliyalarni paydo qiladi;
  • bozorning narx va raqobat mexanizmlari normal işlaşiga xalaqit qiladi.

Bu esa JST tamoyillariga zid.

“Nima böpti – deyişingiz mumkin – bu yaroqsiz qoidalarni özgartiramiz, özimizga foyda-ku bu. Axir, bozorlarning yaxşi işlamasligi, sun’iy monopoliyalar, korrupsion oxurlar – rivojimizga tösiq bölayotgan narsalar-ku! Biz bu islohotlardan manfaatdormiz!”