Özbekistonda şaxsiy ehtiyoj uçun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kiriş normalari töliq qayta körib çiqiladi.
Bu – 25 noyabr kuni imzolangan “Qonunçilikdagi huquqiy böşliqlarni bartaraf etiş va tartibga soliş yukini kamaytiriş töğrisida”gi prezident farmonida belgilandi.
Farmon Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan bölib, bojsiz limitlarga oid topşiriq uşbu farmon bilan tasdiqlangan “yöl xaritasi”da körsatilgan.
Şu tariqa, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 apreldagi qarori bilan kuçaytirilgan çeklovlar özgarişi mumkin.
Bu qarorga köra, joriy yil 1 maydan e’tiboran, fuqarolar öz ehtiyojlari uçun bojsiz tovar olib kiriş normalari quyidagiça:
- havo transportida – 1000 dollar (1 maygaça 2000 dollar edi);
- temiryöl va daryo transportida – 500 dollar (1 maygaça 1000 dollar edi);
- avtomobil (piyoda) ötkaziş punktlari orqali – 300 dollar (özgarişsiz qoldi);
- xalqaro kurerlik jönatmalari orqali – bir oyda 200 dollar (1 maygaça bir çorakda 1000 dollar edi);
- xalqaro poçta jönatmalari orqali – 100 dollar (özgarişsiz qoldi).
Bundan taşqari, 20 iyuldan e’tiboran, temiryöl va avtomobil ötkaziş punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan şaxslar xorijiy davlatda 2 kundan kam muddat bölganda, havo transportida esa 3 kundan kam muddat bölganda, bojsiz olib kiriş normalari qöllanilmaydigan böldi.
Şu tariqa, xorijga 1-2 kunga çiqqan vatandoşlar özi uçun biror bir buyum olib kirayotgan bölsa, bu buyumning qiymatidan qat’i nazar, boj tölaşga majbur bölmoqda.
Bojxona qömitasi iPhone 17 smartfonini olib kirişdagi tölovlar haqida ma’lumot berdi













