“Yuksaliş” umummilliy harakati jismoniy şaxslar tomonidan Özbekistonga şaxsiy foydalaniş uçun bojsiz tovar olib kiriş limitlari pasaytirilganini tanqid qilib, bu borada qator takliflarni ilgari surdi.

“Boj tölovlari monopoliyaga sabab bölmasligi kerak”, deyiladi harakat tarqatgan bayonot sarlavhasida.

Ma’lumki, 2025 yil 1 maydan Özbekistonga şaxsiy ehtiyoj uçun olib kiriladigan tovarlar böyiça yangi bojsiz normalar kuçga kirdi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, jismoniy şaxslar uçun limit quyidagiça belgilangan: havo transporti orqali kelişda – 1000 dollar, temiryöl va daryo transportida – 500 dollar, avtomobil va piyoda ötiş punktlarida – 300 dollar, xalqaro kurerlik jönatmalarida – 200 dollar, poçta orqali esa – 100 dollar.

“Yuksaliş” harakatiga köra, bu me’yorlar amalda fuqarolarga qöşimça moliyaviy xarajat yuklayapti, qolaversa, bozordagi raqobatga ham ta’sir körsatmoqda.

“Bojxona tölovlari monopoliya xavfini kuçaytirmoqda. Özbekistonda rasmiy distribyutori bölmagan tovarlarni, tabiiyki, fuqarolar çetdan olib kelişga majbur. Ammo, 30 foizlik boj bu tovarlarni sun’iy qimmatlaştirib, iste’molçi tanlovining çeklanişi va yirik importçilarning mavqeyi mustahkamlanişiga sabab böladi.

Natijada, raqobat pasayişi, narxlar oşib, tovarlar sifati yomonlaşişi va kiçik hamda örta tadbirkorlar uçun bozorga kiriş imkoniyatlari çeklanişi mumkin. Buning oqibatida iste’molçilar tanlov huquqidan mahrum böladi va soğlom bozor rivojlanişi töxtaydi.

Şuning uçun yaşirin iqtisodiyotga qarşi boşqaça, samarali hamda inson huquqlariga daxl qilmaydigan mexanizmlar haqida öylaş maqsadga muvofiq”, – deyiladi harakat 7 oktyabr kuni e’lon qilgan bayonotda.

Yuqoridagi muammolarga yeçim sifatida, “Yuksaliş” quyidagilarni taklif qildi:

  • jismoniy şaxslar tomonidan öz ehtiyojlari uçun tovarlarni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirişda qöllanadigan boj tölovlari, limitlar va stavkalar faqat qonun darajasida belgilanişi lozim;
  • tijorat maqsadidagi importni şaxsiy ehtiyoj uçun olib kiriladigan tovarlardan aniq ajratiş mexanizmini işlab çiqqan holda, normadan oşgan qismiga nisbatan 30 foiz örniga