4 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda 2023 yil birinçi yarim yilligidagi davlat dasturi bajarilişi yuzasidan qilingan işlar hisoboti körib çiqildi.

Boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorovning ma’lum qilişiça, hisobot davrida yalpi içki mahsulot ösişi 5,6 foizni taşkil etgan.

Ötgan 6 oyda davlat budjeti daromadlari qariyb 100 trln söm bölib, şundan 76 trln söm soliq tuşumlari, 24 trln söm esa bojxona yiğimlari hisobiga şakllantirilgan.

Mazkur davrda davlat budjeti xarajatlari 129 trln sömdan oşgan. Şundan 65 trln sömi ijtimoiy sohalarga yönaltirilgan.

Iqtisodiyot va moliya vaziri öz ma’ruzasida «defitsit» degan sözni işlatmadi.

Iqtisodçi Otabek Bakirov konsolidatsiyalaşgan budjet defitsiti davlat budjeti defitsitidan ança yuqori bölganini taxmin qilgan.

«Ötgan yilning tegişli davri bilan soliştirilsa, daromadlar kamtargina 8,1 foizga, xarajatlar esa juda tez – 25,2 foizga ösgan.

Yalpi içki mahsulot 2023 yil yarim yilligi böyiça 469,9 trln sömni taşkil etgani hisobga olinsa, davlat budjeti defitsiti deyarli 6,2 foizga yetgani ma’lum böladi.

2023 yil budjetiga oid qonunga köra, konsolidatsiyalaşgan budjetning çeklangan miqdori yalpi içki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilangan. Ma’ruzada konsolidatsiyalaşgan budjet ma’lumotlari oçiqlanmagan. Mundarijasiga köra, konsolidatsiyalaşgan budjet defitsiti davlat budjeti defitsitidan ham ança yuqori bölgan bölişi ehtimoli yuqori», deb yozdi u.

Ma’lumot uçun, hukumat joriy yilgi davlat budjetining daromadlari va xarajatlari örtasidagi ijobiy farq 4,2 trln sömga (profitsit) teng bölişini prognoz qilgandi. Xususan, 2023 yilda daromadlar 232,1 trln sömni, xarajatlar 227,8 trln sömni taşkil etişi kerak edi.

2023 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonun bilan joriy yilda konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligining çeklangan miqdori YaIMga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilangan. Qonunga köra, yil davomida davlat budjetini qöllab-quvvatlaş, şu jumladan defitsitni moliyalaştiriş uçun olinadigan qarzlar miqdori 2 mlrd dollardan oşmasligi kerak.

27 iyul kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov budjet xarajatlari oşişida tabiiy gaz importi katta örin tutganini aytgandi.

Şu kuni Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş qarori yuzasidan e’lon qilgan relizida aytilgandiki, örta muddatli istiqbolda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlaş uçun pul-kredit va fiskal siyosatlarni özaro uyğun holda olib boriş maqsadlaridan kelib çiqib, budjet defitsiti belgilangan parametrlar darajasidan oşmasligini ta’minlaş muhim ahamiyat kasb etadi.

Kun.uz avvalroq hukumat 2023 yilgi konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligining çeklangan miqdorini 5 foizgaça oşirişni reja qilgani haqida yozgandi.

Eslatib ötamiz, 2022 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda ham defitsit böyiça 3 foizlik limit körsatilgan, lekin davlat xarajatlari daromadlardan keskin ortib ketişi ortidan, budjet qonuniga özgartiriş kiritilib, limit 4 foizga kötarilgandi.