Özbekiston hukumati 2023 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligining YaIMga nisbati 5 foizdan yuqori bölmasligini ta’minlaş niyatida. Bu – Prezident administratsiyasi e’lon qilgan prezident qarori loyihasida közda tutilgan.
Loyiha – “Özbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda amalga oşiriş çoralari haqida. Undagi iqtisodiy möljallarda joriy yil YaIM ösişi kamida 5,3–5,5 foiz, inflatsiya 9–9,5 foizgaça, budjet defitsiti 5 foizgaça bölişini ta’minlaş nazarda tutilgan.
Yil oxirigaça asosiy kapitalga investitsiyalar 29,6 mlrd dollarga, eksport 23,6 mlrd dollarga yetkazilişi reja qilinmoqda. Iqtisodiyot va aholiga yil yakuniga qadar 55,6 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkaziş közda tutilgan.
2023 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonun bilan, joriy yilda konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligining çeklangan miqdori YaIMga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilangan. Qonunga köra, yil davomida davlat budjetini qöllab-quvvatlaş, şu jumladan defitsitni moliyalaştiriş uçun olinadigan qarzlar miqdori 2,0 mlrd dollardan oşmasligi kerak.
27 iyul kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov davlat budjeti taqçilligi belgilangan limitdan “biroz yuqorilab” ketgani, budjet xarajatlarining oşişida tabiiy gaz importi katta örin tutganini aytgandi.
Şu kuni Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş qarori yuzasidan e’lon qilgan relizida aytilgandiki, örta muddatli istiqbolda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlaş uçun pul-kredit va fiskal siyosatlarni özaro uyğun holda olib boriş maqsadlaridan kelib çiqib, budjet defitsiti belgilangan parametrlar darajasidan oşmasligini ta’minlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib ötamiz, 2022 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda ham defitsit böyiça 3 foizlik limit körsatilgan, lekin davlat xarajatlari daromadlardan keskin ortib ketişi ortidan, budjet qonuniga özgartiriş kiritilib, limit 4 foizga kötarilgandi.











