Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jiddada o‘tgan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ikki masala kelishib olindi
Maslahatlashuvlarning barcha ishtirokchilari Ukrainada tinchlikka faqat shu mamlakat yaxlitligini hurmat qilish asosida erishish mumkin, deb hisoblaydi. Ular «Zelenskiy formulasini» muhokama qilish uchun guruhlar tuzishga qaror qildi.
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina bo‘yicha muzokarachilar maslahatlashuvlardan so‘ng ikki masala bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Corriere della Sera manbalari. Italiya gazetasining yozishicha, barcha har qanday tinchlik bitimi «Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish» va BMT Nizomining ustunligi tamoyiliga amal qilish asosida tuzilishi kerak, deb hisoblaydi.
Tomonlar Kiyev taklif qilgan Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga solish rejasini muhokama qilish uchun ishchi guruhlar tuzishga kelishib oldi. Bu reja, boshqa narsalar qatori, 1991 yilgi chegaralar doirasida Ukraina hududidan barcha Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish, shuningdek, «adolatni qaytarish»ni nazarda tutadi.
Jiddada davlat rahbarlari uchrashuvining ehtimoliy sanasi ham muhokama qilinmoqda. Gazetaning manbalariga ko‘ra, bunday sammit yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi mumkin.
5-6 avgust kunlari Jiddada Ukraina bo‘yicha ikki kunlik maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularda xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar va 30 dan ortiq mamlakatlar vakillari qatnashdi. Rossiya uchrashuvga taklif etilmadi.
Braziliya Jiddadagi Ukraina bo‘yicha maslahatlashuvlarda Rossiyani muzokaralarda ishtirok etishga chaqirdi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari mojaroning barcha tomonlari ishtirokida o‘tkazilishi kerak, dedi Braziliya prezidenti maslahatchisi Selsu Amorim.
Mavzuga oid
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026