Ligalar kubogi. 1/8 final
7 avgust. «Toyota Stedium», Frisko.
«Dallas» — «Inter Mayami» — 4:4 (2:1). Penaltilar seriyasi — 3:5
Gollar: Messi, 6 (0:1). Kinon, 37 (1:1). Kamungo, 45 (2:1). Velasko, 63 (3:1). Kremaski, 65 (3:2). Teylor, 68, avtogol (4:2). Farfan, 80, avtogol (4:3). Messi, 85 (4:4)
Tezkor gol — tizimga aylandi
Ligalar kubogi pley-offining dastlabki öyinida (1/16 final doirasida «Orlando Siti»ga qarşi keçgan va 3:1 hisobida yakunlangan öyin) Lionel Messi qattiq hissiyotga berilib öynadi va raqib futbolçilari bilan tortişuvlarga kirişdi, töp uçun kuraş vaqtida keskin harakatlar amalga oşirdi. «Orlando» murabbiyi Oskar Parexa esa öyindan keyin argentinalik futbolçi ikkinçi sariq kartoçkani olib maydondan çetlatilişga loyiq öyin körsatganini ham aytgandi: «Menga farqi yöq, u Messi böladimi boşqami!».
Yanada aniqroq aytadigan bölsak — Leoni oxirgi bor bunday hissiyotli holatda Qatardagi jahon çempionatida körgandik. U öz orzusiga yetiş yölida maydonda bor sehrini işga solgan, hakamning öyin yakunlangani haqidagi huştagidan keyin Lui van Gaalni urişga tayyor bölgan, keyin öyindan keyingi intervyusida niderlandiyalik faxriy murabbiy manziliga öz sözlarini yöllagan va nihoyat Veghorstni ahmoq deb atagandi. U butun vujudi bilan ğalabaga intilgandi.
U bilan bunga öxşaş holatlar ğalabali Amerika Kubogida va «Barselona»da öynagan vaqtida röy berardi, ammo «PSJ»da heç qaçon bunaqa bölmadi. Parij va Messi bir-biriga umuman mos kelmadi va tomonlar oxirigaça bir-biriga begona bölib qolişdi. Endi esa — tom ma’noda bir qaraşda sevgi. Buni izohlaş mumkin, çunki hozir Leo Saudiyaning millionlaridan voz keçib, bu klubni özi tanladi, ikki yil oldin esa unda Parijdan boşqa variant bölmagandi.
Argentinalik futbolçining «PSJ»da faoliyati boşlanişi ham şunga yaraşa nursiz bölgandi, fransuz çempionatini MLS bilan soliştiriş töğri bölmasa ham, baribir bir narsa yaqqol körinib turibdi — «Inter Maymi»da u özini juda qulay his qilmoqda. Bunday vaziyatda Amerika ligasining asosiy yulduzi muxlislarni kuttirmaydi va gollar konveyerdan çiqqandek urilaveradi.
«Atlanta» mudofaasi argentinalik daho qarşisida 8-daqiqada taslim bölgandi. «Orlando» yetti daqiqa çidab berdi, «Dallas» esa oltinçi daqiqadayoq öyinni maydon markazidan qaytadan boşlaşiga töğri keldi. Aniqroği, biroz keyinroq, çunki hakam monitorga borib qaraşiga va özining ofsayd töğrisidagi xato qarorini bekor qilişiga töğri keldi, çunki Xosef Martines umuman darvoza röparasida emasdi va darvozabonga xalaqit bergani yöq.













