24 sentabr, çorşanba kuni noma’lum qurolli şaxs AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE)ning Dallasdagi idorasiga miltiqdan öt oçdi, ikki muhojir halok böldi, yana biri oğir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Qurollangan şaxs öz joniga qasd qildi. ICE xodimlaridan heç kim jabrlanmadi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hujum yaqinda AQŞ immigratsiya qonunçiligini buzganlikda gumon qilinib qölga olingan şaxslarni oldindan röyxatdan ötkaziş va boşqa ma’muriy tartib-qoidalar bilan şuğullanuvçi idoraga amalga oşirilgan. Xabarlarga köra, qöşni binoning tomidan öq uzilgan. Öqlarning bir qismi keyinçalik öldirilgan va yaralangan muhojirlar bölgan bino yonida turgan furgonga qarata otilgan.

FTB direktori Keş Patel ijtimoiy tarmoqqa hujumçi tomonidan foydalanilmagan gilzalar körsatilgan suratni joylaştirdi. Ulardan birida ANTI-ICE deb yozilgan. «Tergov davom etayotgan bir paytda, dalillarning dastlabki tahlili uşbu hujumning mafkuraviy sababini körsatadi», dedi Patel.