MLS pley-off bosqiçida Tomas Myuller va Lionel Messi öynayotgan jamoalari mos ravişda Ğarbiy va Şarqiy konferensiyalar ğoliblariga aylandi.

Endi «Vankuver Uaytkeps» va «Inter Mayami» jamoalari superfinalda töqnaş kelib, mavsum çempionini aniqlaşadi.

Messining tarixiy assisti: golli paslar soni böyiça Ferens Puşkaşning rekordi yangilandi

MLS pley-off bosqiçi. 30 noyabr
«Inter Mayami» – «Nyu York Siti» 5:1
Gollar: Allende 14, 23, 89 (het-trik), Silvetti 67, Segoviya 83 – Haak 37.
«Inter Mayami»: Rios Novo, Alba, Allen (Brayt 57), Falkon, Veygandt (Frey 57), de Paul, Buskets, Allende, Rodriges (Segoviya 72), Messi, Silvetti (Suares 82).

Şarqiy konferensiya finalida «Inter» «Nyu-York Siti»ni yirik hisobda mağlub etdi – 5:1. Ammo hisob aldamçi, çunki ikkinçi bölim örtalarigaça vaziyat qaltis bölib turgandi. Öyin oxirida floridaliklar qarşi hujumlarda uçta gol urişdi.

Öyinning asosiy qahramoni, argentinalik Tadeo Alende böldi, u navbatdagi marta sermahsullik qilib, het-trik muallifiga aylandi. «Selta»ning 26 yoşli vingeri ijara asosida «Mayami»da öynamoqda va allaqaçon Luis Suaresning örnini tortib oldi. U vatandoşi Messi bilan birgalikda pley-offdagi eng kuçli tandemni taşkil etdi: Alende beşta öyinda sakkizta gol urdi, Leoda tört öyinda 6 gol va 6 golli pas.

«Inter» sönggi uç öyinda 4:0, 4:0 va 5:1 hisoblarida ğalaba qozondi. Alende bu oraliqda ikki marta dubl va bitta het-trik qayd etdi, Messining körsatkiçlari ham yuqori – 2+1, 1+3 va endi yana bir golli uzatma.

Finalda asosiy qahramonga aylanmagan bölsa ham, 38 yoşli futbolçi tarixiy natijaga erişdi. Endi uning jami assistlari soni 405 taga yetdi va bu orqali u vengriyalik afsonaviy futbolçi Ferens Puşkaşning natijasini bittaga yaxşilab, futbol tarixidagi eng yaxşi assistentga aylanib oldi.

Endi uning faoliyatidagi raqamlar şunday körinişda: 1136 ta rasmiy öyin, 896 ta gol va 405 ta assist.

Bundan taşqari, argentinalik futbolçi klublar miqyosida ham (344), milliy jamoalar miqyosida ham (61) eng yaxşi assistent hisoblanadi.

Aynan uning yetakçiligida «Inter» Mayami öz tarixida ilk bor pley-offda bu qadar uzoqqa yetib keldi va öyindan keyin unga Şarqiy konfederatsiya ğolibligi uçun kubok topşirildi.