«Bu yerda yaxşi hikoyadan boşlaş kerak, töğrimi? Yoki biror kulgili voqea. Oçiği, mening «Arsenal»ga kelib qolişim boşqa şeriklarimnikiga öxşamaydi. «Menga Vengerning özi qönğiroq qilgan» deb qöyişadi. Yoki transferdan söng uyining oldida fanatlar qöşiq aytgan böladi. Bu tomondan biroz muammoli holatdaman.

Ha, nima desam ekan, «Arsenal»ga ötganim haqidagi xabar ilk bor çiqqanida, eslaganim, butun dunyo mening bir qop axlat ekanimni yozgandi. Rosti şu.

Aslida boşida hammasi yaxşi edi. Yevropa çempionati oldidan Angliya terma jamoasidan çaqiruv oldim. U yerdaligimda agentim «Arsenal» menga qiziqiş bildirayotganini aytdi. Futbolda bu qançalik jiddiy ekanini biliş qiyin, şuning uçun ortiqça hayajonga berilmadim.

«Qiziqiş? Nima degani bu?» – sörayman, - «ular men bilan şartnoma tuzmoqçimi?»

«Balki ha. Balki yöq. Qiziqiş bor»

Ertasi kuni Bukayo Sakaga röpara kelib qoldim. Kofe içib ötirardi. U bilan unça yaqin tanişmasdim, albatta, undan söray olmayman buni, degan fikr keçdi miyamdan. Nimayam derdim?

«Bukayo qalaysan, xayrli tong. Hmm, mabodo xabaring yöqmi, sening jamoaning men bilan qiziqyapti ekanmi?» Şunaqa deb söraymanmi? Ğalati.

Lekin, ha, xuddi şunaqa qildim.

Qiziği, u hammasi rost ekanini, murabbiy unga ham telefon qilib, men haqimda söragani, xarakterim bilan qiziqqanini aytdi. Menimça, Bukayo meni rosa maqtab berganki, ertasi kuni agent telefon qilib, «Arsenal