O‘zbekiston | 12:15 / 07.08.2023
25228
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta oxiriga borib harorat foni yanada pasayadi

Kecha O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan nam va nisbatan salqin havo tarqala boshladi. Respublikaning qator hududlarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatildi. Havo harorati hududning katta qismida +30...+35 darajagacha pasaydi.

Foto: KUN.UZ / Muhammadjon G‘aniyev

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va ertaga respublika bo‘yicha harorat asosan +30...+35 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +37...+39 darajagacha bo‘lgan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, bugun kun ikkinchi yarmida Toshkent viloyati bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi chang-to‘zon bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta o‘rtasida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va +35...+37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +38...+39 darajagacha bo‘ladi.

Hafta oxiriga borib harorat foni yana +2...+3 darajaga pasayadi.

Poytaxtda bugun, 7 avgust kuni havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +30...+32 daraja bo‘ladi.

8-11 avgust kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishda esadi. Harorat 8 avgustda +32...+34 daraja, 9-11 avgustda +34...+37 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid