Aholi soni köpayişi, jinoyat sodir etiş usullarining oşişi va ijtimoiy sabablar natijasida bu raqamlar kelib çiqyapti, deya jinoyatçilikka doir raqamlarga izoh berdi Oliy sud vakili. IIV rasmiysi xalqaro körsatkiçlarga asosan Özbekistonda ozodlikdan mahrum qiliş jazosi me’yoriy holatda ekanini aytdi.
Oliy sud oçiqlagan ma’lumotlarga köra, sönggi yillarda jinoyat işlari böyiça birinçi instansiya sudlarida körilayotgan işlar, sudlanuvçilar va ozodlikdan mahrum qilinganlar soni oşib bormoqda. Xususan, ozodlikdan mahrum qilinganlar soni oxirgi 4 yilda 3 barobarga oşgan. Kun.uz Oliy sudning statistik ma’lumotlaridan kelib çiqqan savollar böyiça mas’ullar bilan suhbat taşkil qildi.
Mehmonlarimiz – Oliy sud sudyasi Sanobar Mamadaliyeva, Içki işlar vazirligining ilmiy tadqiqot markazi rahbari, yuridik fanlari doktori, professor Ikrom Fozilov hamda advokat Abdumalik Abdullayev.
— Dastlab sudlarda körib çiqilayotgan işlar va iştirokçilar soniga töxtalsak. Nima uçun jinoyat sudlarida işlar soni bunçalik oşib bormoqda? Jinoyatçilik sonining oşişi nimalarga boğliq: huquqni muhofaza qiluvçi idoralar qattiqroq işlayaptimi yoki insonlar jinoyatga moyilroq bölib qolganmi? Balki ijtimoiy ahvol bunga sababdir?
Ikrom Fozilov:
— Sudlarda jinoiy işlarning köriş darajasining oşişi mamlakatda jinoyatçilik oşib ketayotganini bildirmaydi. Jinoyatçilikka qarşi kuraşda özgarişlar, islohotlar bölyapti va bu öz ijobiy samarasini berib, jinoyatçilik kamayişiga erişilyapti. Deylik, 1991 yilda 88 mingta jinoiy iş sodir etilgan, 2022 yilda 105 200 jinoyat sodir etilgan. 1991 yilda aholi soni 20 mln ekanini hisobga olsak, hozirda jinoyatçilik kamaygan.
Jahon tajribasida jinoyatçilik darajasini aniqlaşda har 100 ming aholiga nisbatan aniqlaş mavjud. 1991 yilda 100 ming aholiga 430 ta jinoyat töğri kelgan bölsa, 2022 yilda 298 ta. Eng oğir jinoyat böyiça soliştiradigan bölsak, 2022 yilda mamlakatimizda 365 ta qasddan odam öldiriş jinoyati qayd etilgan. Xalqaro reytinglarga köra, AQŞ va Rossiyada har 100 ming aholiga 7 ta qotillik töğri keladi, Braziliyada 22 ta, Qozoğistonda 3 ta, Ozarboyjon, Kanadada 2 ta, Özbekistonda esa 1 ta.















