O‘zbekiston | 07:43 / 09.08.2023
4083
2 daqiqa o‘qiladi

Yong‘inlarning 40 foizi elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqqan

O‘tgan olti oyda respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar nima sababdan kelib chiqqani to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Foto: Kun.uz

Yong‘inlarning 9 foizi bolalarning olov bilan o‘ynashi, 7 foizi chekib uxlab qolish oqibatida kelib chiqqan. Bu haqda FVV rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Shuningdek, 40 foizi elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, 23 foizi olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14 foizi isitish pechlari va gaz uskunalarini o‘rnatish, ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi, 5 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalari buzilishidan, 2 foizi texnologik hodisalardan va texnologik jarayonning buzilishidan hamda boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan.

Davlat yong‘in nazorati sohasida obektlarda 38 863 ta rejali, 4 118 ta nazorat tartibida, 55 508 ta tezkor tekshirish va 4 886 ta profilaktik ko‘rik o‘tkazilgan. Shuningdek, 1 188 297 ta yakka tartibdagi uy-joy, 26 157 ta ko‘p qavatli uydagi 703 544 ta xonadon o‘rganilgan.

Yong‘in-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi tomonidan 13 606 674 ta aholi yashash uylarida uy egalariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilgan.

Mavzuga oid