Özbekiston 2022 yil yakunlariga köra, uzum maydonlari böyiça dunyoda yettinçi örinni egallab turibdi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

«Dunyo böyiça 7 mln 300 ming gektar uzumzorlar mavjud bölib, 1990 yilga nisbatan 700 ming gektarga kamaygan. Biroq hosil 77,5 mln tonnani (183,0 mlrd doll) taşkil etib, 130 foizga oşgan. 2025 yilga kelib esa 90 mln tonna hosil oliş prognoz qilinmoqda.

Bu öz navbatida, dunyo uzumçiligida intensiv texnologiyalar hisobiga hosildorlik oşib borayotganini anglatadi.

Uzum maydoni yetakçi TOP-5 mamlakatlar – Ispaniya (955 ming ga), Fransiya (812 ming ga), Xitoy (785 ming ga), Italiya (718 ming ga), Turkiya (410 ming ga).

Özbekistonda 181 ming gektarda yetiştirilgan uzum bilan dunyoda 7-örinni egalladi. Şundan, 85 ming ga xöraki, 73 ming ga kişmişbop, 23 ming ga sanoatbop uzum. 2022 yilda yetiştirilgan jami uzum hosili esa 1,8 mln tonnani taşkil qilgan.

Hosildorlik böyiça yetakçi TOP-5 mamlakatlar Hindiston -  212 ts, Xitoy - 176 ts, AQŞ - 173 ts, JAR - 166 ts, Özbekiston - 150 ts.

Yevropada asosan mahsulot sifatiga e’tibor beriladi va 1 tupda 7-10 boş uzum qoldiriladi va hosildorlik nasbatan kam, ya’ni Ispaniyada 65 ts/ga, Fransiya 82 ts/ga, Portgugaliya 44 ts/ga.

Eng köp uzum import qiluvçi TOP-7 davlatlar: AQŞ - 1,7 mlrd, Niderlandiya - 1,1 mlrd, Germaniya - 745 mln, Angliya - 700 mln, Xitoy - 586 mln, Gongkong - 500 mln, Kanada - 420 mln va Rossiya 320 mln doll.

Uzum eksporti TOP-7: Çili -1,2 mlrd, Niderlandiya - 984 mln, AQŞ- 926 mln, Italiya -796 mln, Peru - 690 mln, Xitoy - 690 mln, JAR - 570 mln dollar (Özbekiston 280 mln dollar,13-örin)”, – deyiladi vazirlik taqdim etgan ma’lumotda.

Şuningdek, qayd etilişiça, Özbekiston uçun bugungi kundagi asosiy vazifa uzum yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va eksport qilib, yuqori daromad olişdir. Bu uçun esa albatta ilm, tajriba va innovatsiya kerak.

“4 yil avval qabul qilingan prezident qaroriga asosan, 2021-2023 yillarda 48 ta uzumçilikka ixtisoslaşgan tumanlarda 106 ming ga (klaster va fermerlarda 81 ming ga, aholi tomorqasida 25 ming ga) uzumzor barpo etildi (75 ming ga xöraki, 27 ming ga kişmiş, 9 ming ga sanoatbop).

Yevropadan 34 ta yangi, danaksiz uzum navlari keltirildi.

Misol uçun, xöraki va kişmişbop navlardan Italia, Centenial Seedless, Superior Seedless, Crimson Seedless, sanoatbop navlardan Albarinho, Cabernet Sauvignon, Tempranillo, Merlot, Chardonnay, payvandtaglar Richter 110, S04, 41-V Millardet.

Sohani davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş uçun 3 yilda 183 mlrd söm subsidiya ajratildi”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda bugungi kunda tomçilab suğorişga 1 gektar uçun 8 mln söm, suv çiqarişga har 1 metrga 600 ming sömdan - 120 mln sömgaça, loyihalaşga 10 mln sömgaça, muqobil energiya uskunalari uçun 100 mln sömgaça, 1 dona şpalerga 15 ming söm, «in-vitro»da yetiştirilgan 1 dona köçatga 5 ming söm; tabiiy vinoga 5 ming söm, mayiz quritiş va qadoqlaş liniyalari va vinoçilik uskunalarini xarid qiliş xarajatlari uçun 20 foiz (300 mln sömgaça) subsidiya beriladi.