Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 8 kilogrammdan ortiq «opiy»ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumanida 8,3 kg “opiy” giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urgut tumanida yashovchi opa-singil 911 gr “opiy” moddasini 12 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ular moddani mazkur tumanda istiqomat qiluvchi 2 nafar shaxsdan olgani aniqlanib, ular ham qo‘lga olindi.
Shuningdek, mazkur shaxslarning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati vaqtida, ulardan birining uyidan 228 gr “opiy” va ikkinchisining uyidan esa 7 kg 187 gr “opiy” moddasi xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, tezkor tadbir davomida olingan jami 8 kg 326 gr “opiy” moddasi Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur 4 nafar fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
15:39 / 03.07.2026