Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Stop mashina»! Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda taftish qilingan kema videosini e’lon qildi
Foto: Videodan kadr
Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda to‘xtatib tekshirilgan yuk kemasining taftish jarayoni aks etgan video e’lon qildi. Unda rossiyalik harbiylar Ka-29 vertolyotida kemaga tushib, uni tekshirgani ko‘ringan.
13 avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda Palau bayrog‘i ostida suzgan va Ukrainaning Izmail porti tomon ketayotgan «Sukra Okan» yuk kemasi to‘xtash ishorasiga amal qilmay harakatlanishda davom etgani sabab «Vasiliy Bikov» patrul kemasidan turib ogohlantiruvchi o‘t ochilganini e’lon qilgandi.
15 avgust kuni e’lon qilingan videoda rossiyalik harbiylar chindan vertolyotda kemaga tushgani ko‘ringan. Ular qurollangan holda kema bortiga chiqqan. Ekipaj a’zolari esa harbiylar talabiga ko‘ra cho‘kkalab, qo‘lini boshining orqasiga qo‘yib turgan.
Keyinchalik ekipaj a’zolarining rossiyalik harbiylar bilan suhbati ko‘rsatilgan. Rus harbiyning ingliz tilidagi savollariga turk millatiga mansub dengizchilar qiynalib javob bergan. Ekipaj a’zosi harbiyning «Nega radio orqali mashinani to‘xtat, motorni o‘chir, chaqiruviga javob bermading?» degan savoliga aloqa yomon edi, deb javob qaytargan.
Rossiya Mudofaa vazirligi axborotida aytilishicha, kemada taftish ishlari xalqaro hujjatlarga mos tarzda amalga oshirilgan. Harbiylar kemada taftish o‘tkazgach, unga Ukrainaning Izmail porti tomon suzib ketishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025