Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada radiologik va yadroviy tahdidlarga qarshi eng yirik ombor yaratiladi
Fransiya, Polsha va Xorvatiyada ham shunga o‘xshash omborxonalar tashkil etilmoqda.
Finlandiya kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlar yuzaga kelgan taqdirda zarur uskunalar va dori vositalari uchun mo‘ljallangan strategik omborni quradi. U Yevropa Ittifoqidagi eng katta inshoot bo‘ladi. Bu haqda Finlandiya ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Omborda favqulodda vaziyatlarda, ayniqsa Shimoliy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlar va tinch aholi tomonidan foydalanish uchun himoya vositalari, monitoring uskunalari, detektorlar, tezkor testlar, shuningdek dori-darmonlar va vaksinalar saqlanadi.
Fransiya, Polsha va Xorvatiyada shunga o‘xshash omborxonalar qurilmoqda, biroq Finlandiyadagi obekt eng yirik bo‘ladi.
Ba’zi zaxiralar 2024 yildan boshlab omborga qo‘yiladi.
Finlandiya omborni barpo qilish uchun Yevropa Ittifoqidan 242 mln yevro yordam olgan.
Mavzuga oid
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
14:54 / 28.01.2026