Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun metroning serqatnov bekatlari yonida avtoturargohlar quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni transport, energetika va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari o‘tgan oyda «Toshkent-Sharqiy» aeroportining yangilanishi, uning qurilishini borib ko‘rgan edi. Unda berilgan topshiriqlar asosida majmua bosh rejasi samaradorlik jihatidan takomillashtirildi. Aeroport hududi 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari ham kamayadi.
Hozirda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bo‘lingan. Bu yerda 2 ta – yuqori martabali mehmonlar uchun hamda biznes-aviatsiya terminali bo‘ladi. 25 ta samolyot uchun turargoh, angarlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etiladi. Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.

Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish uchun Toshkent metropolitenining oxirgi va serqatnov bekatlari yonida avtoturargohlar barpo etish rejalashtirilgan. Maqsad – odamlar shaxsiy avtomobilini shu yerda qoldirib, shahar ichkarisiga jamoat transportida borishiga sharoit yaratish.
Taqdimot davomida mamlakatda energetika quvvatlarini oshirish masalasiga e’tibor qaratildi. Jumladan, poytaxtda elektr energiyasi tarmoqlarining favqulodda holatlarga bardoshliligini mustahkamlash hamda muqobil energiya manbalarini integratsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Taqdimotda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish ko‘rsatkichlari va rejalari to‘g‘risida ham axborot berildi. Bugungi kunda poytaxt iqtisodiyotining 34 foizdan ziyodi sanoat hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili 110 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat, metallurgiya, to‘qimachilik tarmoqlarida o‘sish yuqori bo‘lgan.
Bu sohadagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida “Yangihayot” industrial texnoparkini klaster tizimiga o‘tkazish taklifi bildirildi. Uning maydoni 500 gektar bo‘lishi, 810 ta korxona joylashtirilishi va 100 mingta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Klaster tizimi yo‘lga qo‘yilishi natijasida ishlab chiqarish sifati oshib, transport xarajatlari va tannarxni kamaytirishga erishiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026