Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Acharya universitetiga litsenziya berilmagan – vazirlik
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgani aytilgan Acharya universiteti oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega emas. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abituriyentlarga vazirlik rasmiy saytidagi ro‘yxatda bo‘lgan oliygohlarga hujjat topshirishni tavsiya qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, Acharya xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan. Bu oliygoh litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyatini olib borishi mumkinligi aytiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, OTFIV abituriyentlar va ularning ota-onalariga faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko‘rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o‘quv yurtlarini tanlashlari tavsiya qilgan.
Ma’lumot uchun, vazirlik 2023 yilning fevral oyidan beri birorta nodavlat oliy ta’lim muassasasiga litsenziya bergani yo‘q. Vazirlik bunga sabab qilib litsenziya berishga oid hujjatning qayta ishlab chiqilayotganini ko‘rsatib kelyapti.
Vazirlik o‘zi bergan bayonotga o‘zgartirish kiritgan va mazkur oliy ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilganini bildirib, OTM tegishli tartibda litsenziya olganidan so‘ng faoliyatini amalga oshirishi belgilanganini eslatgan.
Mavzuga oid
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:21 / 13.03.2026