Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng ko‘p sanoat korxonalari qaysi hududlarda faoliyat yuritayotgani aytildi
O‘zbekistonda qariyb 70 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Foto: Kun.uz
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 293,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,6 foizga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda qariyb 70 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda, shundan 11,5 mingtasi Toshkent shahriga, 7,9 mingtasi Farg‘ona viloyatiga, 7,1 mingtasi Toshkent viloyatiga va 6,2 mingtasi Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish hajmi:
- to‘qimachilik mahsulotlari – 33,3 trln so‘m;
- kiyim ishlab chiqarish – 10 trln so‘m;
- metallurgiya sanoati – 57,8 trln so‘m;
- kimyo mahsulotlari – 16 trln so‘m.
Mavzuga oid
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
14:43 / 09.03.2026
O‘zbekiston sanoati: qaysi yo‘nalishlarda korxonalar ko‘proq?
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
13:54 / 13.02.2026