“Germaniyada avtomobilga muhabbat özbeklarnikidan kuçli, ammo u inson hayotidan ustun emas” – şaharsoz bilan suhbat
|14:31 / 20.08.202329 8359 min
Şaharlarni barpo qilişdagi eng asosiy prioritet inson bölişi lozim. Uning avtomobillar uçun barpo qilinişi odamlarning salomatligi, xavfsizligidan taşqari, sotsializatsiyasiga ham salbiy ta’sir körsatadi. Şaharsoz Husan Muqimov bu jarayonda birgina infratuzilmani yaxşilaş bilan maqsadga erişib bölmaydi deb hisoblaydi.
Toşkent avtomobillar şahriga aylanmoqda. Buni raqamlarda ham köriş mumkin. Özbekiston böyiça jismoniy şaxslarga tegişli avtomobillar soni 3 mlndan oşgan, poytaxtda esa yarim milliondan köproq. Urbanizatsiya hisobiga boşkent köçalarida kunlik harakatlanuvçi maşinalar 800-900 mingtani taşkil qiladi. Bu yöllarda tirbandlik yuzaga kelişi uçun yetadigan raqamdir.
Şaharlarda nima uçun avtomobillar jozibadorligini kamaytiriş, asosiy ustuvorlik jamoat transporti, piyodalarga berilişi kerak? Jamiyat uçun avtomobilsizlaştiriş jarayoni qançalik ahamiyatli? Bu borada pulli “parkovka”lar yeçim böla oladimi? Kun.uz muxbiri mavzuni tahlil qiliş uçun hozirda magistraturani Germaniyada tamomlayotgan özbekistonlik şaharsoz Husan Muqimov bilan suhbatlaşdi.
Eng katta prinsip, qonun-qoida bu – şaharlarning avtomobillar uçun emas, odamlar uçun bölişidir. Şahar odamlarning faoliyati, umuman aholi uçun xizmat qilişi kerak. Bu jamoat joyi, har xil köngiloçar joy böladimi, transport infratuzilmasi böladimi – hammasi aholi uçun xizmat qilişi lozim. Avtomobilsizlaştirişning jamiyat uçun asosiy foydasi birinçi navbatda soğliqqa böladi. Şahar şaroitida havo ifloslanişining eng katta uluşi avtomobillardan çiqayotgan zaharli gazlar hissasiga töğri keladi.
Şuningdek, quriliş maydonlaridan çiqadigan çanglarning avtomobillar ğildiraklari sabab köçalarga çiqişi ham bunga misol böla oladi. Özbekistonning çanglari boşqa mamlakatlardagi çanglardan farqli ravişda körinadigan darajada haqiqiy çang deyiş mumkin-da. Şuning uçun çangning köçaga çiqqanidan söng, avtomobillar sabab havoga kötarilişi yana bir ifloslanişga sabab böladi. Bu birinçidan.
Ikkinçidan, jamiyatga soğlom turmuş-tarzini tarğib qilişda asosiy faktorlardan bittasi bu – avtomobilsizlaştiriş, velosipedda, piyoda yuriş hisoblanadi. Jamoat transportiga çiqib, tuşgandan söng ham 5-10 daqiqa yurişga ham töğri keladi.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, ayni vaqt Özbekistonda juda pasayib ketayotgan narsa bu – ijtimoiylaşuvdir. Kezi kelganda qöşnimizni ham tanimay qolyapmiz-da, “podezd”dan çiqamiz, şaxsiy avtomobilga ötirib, manzilimizga qarab ketamiz. Agar siz taşqariga çiqib, piyoda qayergadir borsangiz, yayov borsangiz, velosipedda yursangiz qöşningizni körasiz, odamlar bilan muloqot qilasiz, gaplaşasiz. Bugungi kunda sotsializatsiya juda muhim omillardan biri sanaladi.
Endi biz köproq xavfsizlik nuqtayi nazaridan qaraymiz. Aslida bu ham eng katta muhim jihatlardan biri. Hozirgi kunda Özbekiston şaroitida avtohalokatlar sonining öta balandligi sabab ham avtomobilsizlaştiriş muhim masaladir. Yuqorida aytganimdek, avtomobillarni kamaytiriş – ijtimoiy, xavfsizlik jihatdan ham, qolaversa, salomatlik uçun ham foydali sanaladi.
Infratuzilmaning yaxşilanişi avtomobildan voz keçişga yordam bermaydi
Birinçi örinda hammamiz infratuzilmani yaxşilaş haqida gapiryapmiz. Aslida bu töğri ham. Ya’ni jamoat transporti jozibadorligini oşiriş, velosipedlar uçun veloyölaklarni taşkil qiliş kabi işlar bilan odamlarni avtomobildan voz keçişga olib kelib bölmaydi.
Eng katta va muhim iş bu – tarğibot, töğri ma’nodagi tarğibotdir. Tarğibotni qanday qiliş kerak? Avvalo odamlarga bu jarayonni misol tariqasida körsatiş zarur. Masalan, Germaniyani oladigan bölsak, bu yerda yölning ma’lum qismini olib, öşa yöl uçun çiroyli, muhim va “aqlli” loyiha qilinadi, şu loyiha odamlarga körsatilgaç, ular şaharda harakatlanişi uçun 2 xil variant borligini bilişadi. Çiroyli va keng köçalarni qisqartirib, veloyölaklarni qilib, landşaftli jamoat joylarini qilib, aholiga körsatsak, odamlar öşa yerda sayr qilişni boşlaydi va ularda [avtomobilli yöllar bilan hozirgisiga nisbatan] soliştiruv paydo böladi. Buning ortidan esa avtomobildan voz keçiş uçun pozitiv kayfiyat yuzaga keladi. Bu muhim omillardan hisoblanadi.
Serbiyaning poytaxti Belgradda bir neça kilometrlik veloyölaklar qurilgan, lekin ularning hammasi böş qolgan. Çunki odamlarni veloyölak quriş bilan velosipedga ötirğizib bölmaydi. Bu – juda katta notöğri fikr. Şuning uçun qurmaslik kerakmi, degan savol ham tuğilişi mumkin, yöq, aksinça quriş lozim. Lekin tarğibotni ham qiliş kerak. Busiz bölmaydi.
Tarğibot jarayoni ham 2 nafar bloger va 2 ta internet sayti bilan emas, yuqori darajada ötkazilişi lozim. Qiziği, tarğibot deganda qöpol va notöğri propagandani tuşuniş kerak emas, tarğibot töğri bölişi kerak. Yaxşi misollarni körsatişimiz kerak, yaxşi loyihalarni qilişimiz va uni asoslab berişimiz kerak. Yevropada şaharlarni rejalaştirişning asosiy prinsipi ham bu – qilinayotgan loyihaning asoslab berilişidir.
Agar öşa loyihani asoslab berolmasangiz, yölni yopib, veloyölak taşkil qilamiz desangiz, birdaniga savol beriladi, ya’ni odamlarning bu joylardan foydalanişiga qanday asos bor, bu qanday kafolatlanadi degan. Şuning uçun mana şunday faktorlarni ham inobatga oliş lozim. Hammasini parallel ravişda amalga oşiriş lozim. Birinçi tarğibot qilib, keyin yöl qurib, keyin jamoat transportini rivojlantiramiz desak, bu – qiyin masala.
Germaniyalik bir kursdoşim bilan suhbatimizda nima uçun Germaniyada haydovçi piyodani hurmat qilişi haqida savol taşlandi va bunga javob berildi. Ya’ni hurmat qiladi, çunki Germaniyada avtomobil haydovçisi özi ham köp vaqtda velosipedçi yoki piyodaga aylanadi. Şuning hisobiga bir-birini hurmat qiladi. Germaniyada avtomobilni juda yaxşi körişadi, hatto ularning muhabbati biznikidan (özbeklarnikidan) ham kuçli. Ayni vaqt men Bavariyadaman, bilamizki, bu yerda öşa maşhur BMW avtomobillari çiqariladi. Ba’zi tanişlarim avtomobilni juda qattiq “sevişadi”. Lekin bu inson hayotidan ustun degani emas. Asosiysi şu, mana şu prinsipni inobatga olişimiz lozim. Insonning hayoti, velosipedçi va piyodaning xavfsizligi muhim.
Germaniyada köpinça katta bozorlik qilişga yoki şahardan taşqariga çiqiş uçun yengil avtomobildan foydalanişadi, odamlar asosan jamoat transporti, velosipeddan foydalanişadi. Kuzatuvlarimda körganman, odamlar iş kunlari asosan velosipeddan foydalanişadi, şanba kuni bozorlik qiliş va yakşanba dam oliş uçun biror yerga boriş maqsadida şaxsiy avtomobillarini haydaşadi. Şahar içida iloji boriça avtomobildan foydalanmaslikka harakat qilişadi.
Odamlar pulli “parkovka”dan foydalanişga tayyor
Özim ham 5 yil avtomobil haydaganman, qolgan vaqt jamoat transportidan foydalanganman. Ya’ni men bu jarayonda piyodani ham, haydovçini ham tuşunaman.
Yöl böyi pulli parkovkalar qilişdan oldin bu jarayonda biz yöl çetidagi infratuzilmani ham töğrilaşimiz zarur. Yöl böyi pulli avtoturargohlar qilingaç, unga parkomatlar qöyilişi lozim. Buning ustiga butun yöl böylab “parkovka” qilinmaydi, çunki çorrahalar ötgan bölsa, mahalliy köçalardan çiqadigan avtomobillar bölsa, qayrilayotgan vaqtda avtoturargohdagi maşinalar xalal qilmasligi lozim. Ya’ni puxta loyihalaş jarayoni bölişi kerak. Birinçi örinda keng turgan köçamizni pulli “parkovka”ga moslab loyihalaşimiz zarur. Bundan taşqari, texnik masalalar ham bor. Ya’ni avtomobil qöyilgandan keyin unga naqd pul, plastik karta yoki tanga bilan tölanadimi – butun boşli jarayon uçun ham tizim yaratilişi kerak.
Odamlarning pulli “parkovka”ga qarşi bölişi turgan gap. Çunki ularning pul tölagisi kelmaydi. Avtomobil oldim, şahar menga tekin avtoturargoh qilib berişi kerak degan tuşunça eng katta notöğri tuşunçadir. Özbekiston şaroitida har ming kişiga 85 ta avtomobil töğri kelayotgan bölsa, bu qolgan 900-800 nafar odam avtomobilsiz yuradi degani. Qolgan piyodalar hisobidan, soliğidan, ularning harakatlanişga haqqi bölgan jamoat joylari, istirohat boğlari hisobidan avtomobillarni “parkovka” qiliş kerak emas. Avtomobilsiz yuradigan odamning qaysidir miqdordagi xarajatlari “parkovka”ni ta’minlaşga ketadi.
Intervyuning töliq yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.