20:00 / 22.08.2023
7729

Foto: Bokuda O‘zbekiston prezidentini kutib olish marosimi o‘tkazildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Zug‘ulba» qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarboyjonda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidentini rasman kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi.

Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.

Mavzuga oid
Top