11:34 / 24.08.2023
3656
Reklama

Rigaga bo‘lsa, unda faqat Uzbekistan Airways bilan!

Foto: Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways 2004 yildan beri Rigaga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Siz Latviyaning madaniy poytaxtiga dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishingiz mumkin.

Rigaliklar o‘z shaharlarini mehr bilan “kichik shimoliy Parij” deb atashadi. Bu bejizga emas. Bu yerda Parij durdonalaridan kam bo‘lmagan juda ko‘plab qulay kafelar, gavjum xiyobonlar, madaniy va me’moriy diqqatga sazovor joylar mavjud. Riga ko‘chalarida sayr qilish bu – haqiqiy arxitektura tarixi darsi desa ham bo‘ladi, chunki bu yerda har xil arxitektura uslubida qurilgan binolarni ko‘rishingiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, estetik ijtimoiy tarmoq postlari uchun kerak bo‘ladigan holat!

Xullas, yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal. Shuning uchun Toshkent – Riga – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch qatnovdan biriga Uzbekistan Airways aviakompaniyasidan aviachiptalarni sotib oling. Aviachiptalar narxi:

• Toshkent — Riga: 2 780 000 so‘mdan 

• Toshkent — Riga — Toshkent: 4 906 000 so‘mdan boshlanadi

 Uzbekistan Airways bilan Rigada siz kuzgi ta’tilni ham, yangi yilni ham nishonlashingiz mumkin. Va bularning barchasi kuz-qish mavsumi uchun chiptalar sotuvining boshlanishi tufayli. Bu esa aviachiptalarni qulay narxlarda sotib olish uchun ajoyib imkoniyat!

Eslatib o‘tamiz, aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytida, shuningdek UzAirways ilovasida, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan sotib olish mumkin.

Reklama

Top