Senat yalpi majlisida “Yer qa’ri töğrisida”gi qonun muhokama qilindi. Muhokamalar jarayonida qonunda dolzarb ahamiyatga ega bir qator masalalar e’tibordan çetda qolganligi aytib ötildi.

Qonunda yer qa’ri uçastkasidan foydalaniş huquqini çeklaş yoki töxtatib turiş Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi körsatmalari asosida ön kundan oşmaydigan muddatga amalga oşirilişi, qoidabuzarliklarni bartaraf etiş işlarini yakunlaş bilan boğliq bölgan alohida hollarda, yer qa’ri uçastkasidan foydalaniş huquqini töxtatib turiş öttiz kundan oşmaydigan muddatga uzaytirilişi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Biroq “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunning 42-moddasiga asosan faoliyatni çeklaş, töxtatib turiş va taqiqlaş faqat sud tartibida amalga oşiriladi. Ya’ni bu kabi norma qonunçilikka ziddir.

Şuningdek, qonunga yer qa’rini “kadastr kvadratlar”ga böliş amaliyotini joriy etiş va “Yagona interaktiv geologik portali” böyiça qoidalar kiritilmagan. Yer qa’ridan foydalanişda ekologik va sanoat xavfsizligini ta’minlaş, toğ-kon qutqaruv qismlari hamda oçiq neft va gaz fontanlarining oldini oliş va bartaraf etiş böyiça xizmatlar faoliyati tartibi belgilanmagan.

Bundan taşqari, mazkur sohada işga joylaştiriş va öqitişga talablar, ruxsatnomalar egalarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça majburiyatlari nazarda tutilmagan.

“Qonun juda muhim, buni albatta e’tirof etamiz. Sababi u mamlakatimiz uçun strategik ahamiyatga ega yönalişni huquqiy jihatdan tartibga solişga qaratilgan.

Biroq, senatorlar qayd etgan jihatlarni e’tiborga olmasak, şu tahririda qonun mazkur munosabatlarni tölaqonli qamrab ololmaydi. Amaliyotda muammolarga duç kelişimiz mumkin.

Qonundagi ayrim normalar nafaqat amaldagi qonunçilikka, balki davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar yönalişiga, yondaşuviga ham zid kelmoqda. Jumladan, qonunda mas’ul organlarga sud qarorisiz tadbirkorlar faoliyatini çeklaş, töxtatib turiş kabi vakolatlarning taqdim etilişiga e’tibor qaratsak. Amaliyotda bu norma töğridan töğri korrupsiyaviy holatlarni keltirib çiqarişi mumkin. Holbuki bu illatga qarşi kuraşiş, uning vujudga keluvçi asoslarini bartaraf etiş bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.