Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda Namangan şahrida 750 qatnovga möljallangan köp tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat yuritayotgan bölib, şaharning 356 ming nafardan ortiq aholisiga birlamçi tibbiy sanitariya yordami körsatib kelinmoqda. Biroq tibbiyot sohasiga davlat budjetidan mablağ ajratilib, uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib kelinayotgan bölişiga qaramasdan mazkur markaziy poliklinika binosi sönggi 10 yilda umuman kapital ta’mirlanmagan, rekonstruksiyaga muhtoj, eşik-romlari eskirgan, isitiş tizimi ta’mirtalab holatga kelib qolgan.

Poliklinikani rekonstruksiya qiliş masalasi Namangan viloyati 2024-2026 yillar ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturiga kiritilib, xalq deputatlari viloyat kengaşining qarori bilan ma’qullangan. Mazkur masala Senat işçi guruhining Namangan viloyatida olib borgan örganişlari çoğida deputatlar tomonidan kun tartibiga qöyilgan.

“Namangan viloyatiga safarimiz davomida hudud faollari uşbu masalani kötardi. Qolaversa özimiz ham bevosita obektni közdan keçirdik. Bino haqiqatan ham ta’mirga muhtoj.

Şu bilan birga mazkur yönalişda Namangan şahri aholisi uçun alohida perinatal markaz taşkil etiş masalasi ham kötarilgan edi. Ma’lum bölişiça, bugungi kunda Namangan şahar aholisi soni 1 millionga yaqinlaşgan. Şaharda bor-yöği 4 ta tuğuruqxona faoliyat yuritmoqda. 250 örinli viloyat perinatal markazi ham şu hisobda.  

Biroq şahar aholisi, jumladan tuğiş yoşidagi ayollar soni muttasil ösib bormoqda. Ötgan yilda şaharda umumiy tuğuruqlar soni 20 mingdan ziyodni taşkil etgan bölsa, joriy yilning 6 oyida salkam 12 mingtaga yetgan. Bular orasida erta tuğuruqlar ham bor. 

Aynan erta tuğuruqlar sonining köpligi, qolaversa, şahar bolalar şifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli çaqaloqlarni parvariş qiliş) bölimi ortiqça yuklama bilan işlayotgani sababli şahar tuğuruq kompleksi negizida alohida perinatal markaz taşkil etiş taklifi bildirilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur masalani atrofliça örganib, xulosa berişi zarur. Töğri, şahar hududida viloyat perinatal markazi ham joylaşgan. Lekin siğim jihatdan bugungi talabga javob beradimi, degan savol tuğiladi. Yuqorida aytganimdek, ehtiyoj yildan yilga ösib bormoqda. Aniq, obektiv holatni töliq oçib beradigan xulosa kerak.

Aynan erta tuğuruqlar sonining köpligi, qolaversa şahar bolalar şifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli çaqaloqlarni parvariş qiliş) bölimi ortiqça yuklama bilan işlayotgani sababli ham şahar tuğuruq kompleksi negizida alohida perinatal markazi taşkil etiş zarur. Lekin, mana şunday perinatal markazlarini taşkil qiliş masalalari asoratli tuğruklar va nogironlikni oldini oliş uçun örni nihoyatda katta. Aynan mana şu masala davlatimizda katta ustivor yönaliş etib belgilangan. Şuning uçun perinatal markazlarini e’tibordan çetda qoldiriş mumkin emas