Qonunda maxsus vakolatli davlat organi sifatida Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ösimliklarni himoya qiliş sohasida davlat nazorati amalga oşirilişi, ösimliklar karantini davlat inspektorlarining sohadagi huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Şuningdek, kimyolaştiriş va ösimliklarni himoya qiliş vositalarini standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş, tamğalaş hamda işlab çiqarişga doir talablar nazarda tutilmoqda. Bundan taşqari, qonuniylik, tizimlilik va uzluksizlik, biologik usulni qöllaş ustuvorligi, oçiqlik va şaffoflik kabi ösimliklarni himoya qiliş sohasidagi asosiy prinsiplar mustahkamlanyapti.
Qonun bilan kimyolaştiriş va ösimliklarni himoya qiliş vositalarini işlab çiqariş, realizatsiya qiliş, qöllaş, taşiş, muomaladan çiqariş, taşiş, saqlaş qoidalariga rioya qilişga, şuningdek, yaroqsiz holga kelgan va qöllanişi taqiqlangan vositalarni zararsizlantirişga, utilizatsiya qilişga doir talablar kuçaytirilişi ham nazarda tutilgan.
Qonun muhokamasi jarayonida hujjatda belgilangan qoidalar hozirgi global iqlim özgarişi şaroitida mavjud ösimlik dunyosini asrab-avaylaşga hamda oziq-ovqat xavfsiziligini ta’minlaşga xizmat qilişi qayd etildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Aholi sonining ösişi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda agro-ekologik omillar köplab sohalar qatori ösimliklar himoyasi sohasida ham yangi, zamonaviy yondaşuvlarni taqozo etmoqda.
Hozirda mazkur yönalişda mustahkam huquqiy, institutsional asoslar yaratilgan. Uşbu Qonun esa sohani huquqiy jihatdan bugungi kun talablariga mos holda yanada takomillaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Inson soğliği va atrof-muhit xavfsizligi hamda biologik usulni qöllaş ustuvorligi ösimliklarni himoya qiliş sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida mustahkamlanayotgani bu boradagi yangi yondaşuvning tub maqsadi va mazmunini aks ettiradi, degan Senat raisi Norboyeva qonunning ahamiyati haqidagi nutqida.












