Buloqboşi tumanida sodir bölgan suv toşqiniga kanalga “ortiqça suv taşlangani” emas, me’yordan ortiqça suv kelgani sabab bölgan. Bu haqda “Özbekgidroenergo” AJ ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 dekabrdagi tegişli qaroriga asosan Rossiya Federatsiyasining “MPR” moliya instituti mablağlari hisobiga Janubiy Farğona kanalida “JFK-3 kiçik GES qurilişi” loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyihaning quvvati 6,9 MVt bölib, yiliga 33 mln kVt.soat elektr energiya işlab çiqarişga möljallangan. Quriliş işlari “tayyor holda topşiriş” şarti asosida Rossiyaning “Energosila” kompaniyasi tomonidan amalga oşirilmoqda.

Quriliş işlari doirasida GES quriş işlarini taşkil etiş hamda vegetatsiya davrida qişloq xöjaligini suv bilan ta’minlaş maqsadida, Janubiy Farğona kanalida suv tösiş inşooti qurilib, suv sarfi vaqtinça aylanma kanal orqali quyi qismiga yönaltirilgan.

Aylanma kanalning loyihaviy suv ötkaziş qobiliyati 60 metr kubga möljallangan bölib, amalda suv sarfi miqdori 70 metr kub kelgan. Buning oqibatida Janubiy Farğona kanalining öng qirğoğini yuvib ketiş holati yuz bergan.

“Hozirda, Janubiy Farğona kanalida yuz bergan texnogen holatni bartaraf etiş böyiça barça çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda, ta’mirlaş-tiklaş işlari jadallik bilan olib borilmoqda. Buning uçun zarur bölgan barça texnika va işçi kuçi resurslari jalb etilgan.

Mazkur çora-tadbirlar joriy yilning 9 may kuni soat 14:00 ga qadar töliq bartaraf etiladi, Janubiy Farğona kanalining odatiy iş rejimi tiklanadi”, deyiladi ma’lumotda.

Qayd etilişiça, aholi uy-joy va tomorqa xöjaliklariga yetkazilgan zararlar kompensatsiya qilinişi ta’minlanadi.

Avvalroq Özgidromet Buloqboşi tumanida sodir bölgan suv toşqiniga Janubiy Farğona kanaliga GES qurilişi uçun ortiqça suv taşlanişi sabab bölganini ma’lum qilgandi. Hodisa talafotlari örganilganida jami 560 ta xonadonni suv bosgani aniqlangan. FVV esa hodisa oqibatida 30 ta xonadonning içiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirganini bildirdi.