Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida sodir bölgan yonğin yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 7 may kuni soat 15:06 larda Kattaqörğon tumani «Qöştepa» MFYda joylaşgan «Yigitali» MÇJga qaraşli avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasida yonğin sodir bölgan.

Yonğin AYoQŞ hovlisining yer usti qismida joylaşgan, hajmi 10 metr kub bölgan ikkita yoqilği saqlovçi siğimga (solyarka) «Zil» rusumli avtomaşinadan yoqilği quyiş vaqtida kelib çiqqan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, «çaqnaş» natijasida 2 kişi vafot etgan. Yana 1 fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Avvalroq Andijondagi zapravkada avtomobil gaz balloni portlab ketişi oqibatida ikki kişi jarohat olgani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, Törtköl tumanida ham yuk maşinasi bakining portlaşi oqibatida ikki kişi jarohat olgan edi.